Payshanba, 12-noyabr, 2026 Toshkent +1° USD 11 964,27 EUR 13 323,41 RUB 144,49

Qoʻqonda er-xotin is gazidan zaharlanib, vafot etdi

Bosh prokuratura matbuot xizmatining Darakchi.uzʻga bergan xabariga koʻra, joriy yilning 21-noyabr kuni Qoʻqon shahar Amirqulmergan MFY Navbaxor koʻchasi raqamsiz uyda yashagan, 1972-yilda tugʻilgan fuqaro S.K. va uning…

Qoʻqonda er-xotin is gazidan zaharlanib, vafot etdi

Bosh prokuratura matbuot xizmatining Darakchi.uzʻga bergan xabariga koʻra, joriy yilning 21-noyabr kuni Qoʻqon shahar Amirqulmergan MFY Navbaxor koʻchasi raqamsiz uyda yashagan, 1972-yilda tugʻilgan fuqaro S.K. va uning turmush oʻrtogʻi 1974-yilda tugʻilgan X.K.lar yashash xonadonining yotoqxonasida is gazidan zaxarlanib vafot etgan.

Shifoxona tomonidan taqdim etilgan dastlabki xulosasida fuqarolar S.K. va X.K.larning oʻlimiga is gazidan oʻtkir zaharlanish sabab boʻlganligi koʻrsatilgan.
Hozirda marhumlarning oʻlimi yuzasidan sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.
Mazkur xolat yuzasidan tergovga kadar tekshirish xarakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid