Payshanba, 12-noyabr, 2026 Toshkent +2° USD 11 974,02 EUR 13 432,46 RUB 144,58

“Qora bozor”ning qora qiliqlari

Hozirgi kunda hech bir narsa yoʻqki, oʻzining yoʻnalishi boʻlmasa. Har biladigan ishmi, holatmi oʻz nizomi bor. Farmoyishlar asosida olib borilishi aytilgan. Shuncha qonunlarimiz asosida mustahkamlangan ishlarni “nafs” degan “balo”…

Hozirgi kunda hech bir narsa yoʻqki, oʻzining yoʻnalishi boʻlmasa. Har biladigan ishmi, holatmi oʻz nizomi bor. Farmoyishlar asosida olib borilishi aytilgan. Shuncha qonunlarimiz asosida mustahkamlangan ishlarni “nafs” degan “balo” oʻz komiga “laqqa” baliqday yutadi.
Agar shunday boʻlmaganda edi, Oybek sudning qora kursisigacha bormas edi. Kimga qancha dollar, qancha rubl yoki boshqa koʻrinishdagi pullar kerak boʻlsa, ana banklarimiz keng bagʻrini ochib turishibdi-ku!
Lekin Oybek unday qilmadi. U 200 AQSh dollarini bir million yetti yuz ming soʻmga sotayotganida ziyrak xodimlar tomonidan ushlandi. “Qora bozor”ni qiligʻi qursin ekan. Kim qoʻlga ushlansa, bor-budidan ajratarkan.
Oybekning ham yonidan chiqqan bir ming ellik Rossiya rubli, ikki million uch yuz sakson uch ming soʻm pullari olib qoʻyildi. Faqat olib qoʻyilgan boʻlsa, mayli edi, kamiga unga sud tomonidan bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari miqdorida jarima jazosi ham berildi. Undan olingan boyliklar davlat foydasiga musodara qilindi.
Biratoʻla ham choʻntak, ham soʻl choʻntagi boʻshadi. Mana sizga “qora bozor” ning qiliqlari. Qoʻshshiyev Oybek ham oʻzini shu bozorda sinab koʻrmoqchi edi. U yaxday boʻldi. Buzoqning yugurgani somonxonagacha degani shu boʻlsa kerak-da.

Surxondaryo viloyat sudi sudyasi, Jasur Xudoyberdiyev

Chori Qoraqulov

Mavzuga oid