Qoraqalpogʻistonda bir oilaning besh aʼzosi is gazidan zaharlanib vafot etdi
Qoraqalpogʻistonda bir oilaning besh aʼzosi is gazidan zaharlanib vafot etdi. Bu haqda Asrnews.uz ga Bosh prokuratura axborot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov xabar berdi. Vojea joriy yilning 15 dekabr kuni soat 11:45 lar…
Qoraqalpogʻistonda bir oilaning besh aʼzosi is gazidan zaharlanib vafot etdi. Bu haqda Asrnews.uz ga Bosh prokuratura axborot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov xabar berdi.
Vojea joriy yilning 15 dekabr kuni soat 11:45 lar chamasida Chimboy tumani, “Keңes” OFY hududida yashovchi fuqaro M.Berdaxovlar oilasida sodir boʻldi. 6 nafar oila aʼzosining hushsiz yotganligi qoʻshnilari tomonidan aniqlanadi.
Ular zudlik bilan shifokorlarni chaqirishadi. Tekshirilganida ushbu xonadonda yashagan 1957 yilda tugʻilgan M.Berdaxov, 1961 yilda tugʻilgan Z.Mamutova, 1986 yilda tugʻilgan S.Berdaxova, 2008 yil tugʻilgan A.Artikbayeva va 2011 yilda tugʻilgan M.Artikbayevlar vafot etgani maʼlum boʻlgan.
Shuningdek, 1995 yilda tugʻilgan T.Oskinbayev, 2000 yilda tugʻilgan A.Bekmuratovalar ogʻir ahvoldaligi aniqlanib, tuman tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan.
Tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida, ushbu holatda is gazidan zaharlanish alomatlari mavjud boʻlib, xonadonning isituvchi qozonxonasi uy ichida yonib turgani aniqlandi.
Mazkur holat boʻyicha Chimboy tumani prokuraturasi tomonidan sud-tibbiyot ekspertizasi tayinlanib, tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda va hodisaning kelib chiqish sabablari oʻrganilmoqda.
Elatib oʻtamiz, Fargʻona va Namanganda ham ikki oilaning toʻrt nafardan aʼzolari is gazidan zaharlanib vafot etgani haqida xabar berilgan edi.
Markaziy bank to