Payshanba, 12-noyabr, 2026 Toshkent +2° USD 11 974,02 EUR 13 432,46 RUB 144,58

“Qoʻshmachi” savdogar

Alibekova Xusnora (ismi oʻzgartirilgan), gʻarazli va past niyatlarda fohishaxona tashkil etish maqsadida 2021 yil 20 avgust kuni soat 20:00 larda oʻzi yashab kelayotgan Qiziltepa tumani “Oboddiyor” mahallasida joylashgan savdo…

“Qoʻshmachi” savdogar

Alibekova Xusnora (ismi oʻzgartirilgan), gʻarazli va past niyatlarda fohishaxona tashkil etish maqsadida 2021 yil 20 avgust kuni soat 20:00 larda oʻzi yashab kelayotgan Qiziltepa tumani “Oboddiyor” mahallasida joylashgan savdo doʻkonida moddiy manfaat koʻrish maqsadida 100.000 soʻm olib, buning evaziga J.Mni tanishi M.J bilan oʻzaro jinsiy aloqada boʻlishlari uchun ularga savdo doʻkonida sharoit yaratib berib, fohishaxona tashkil qilgani Qiziltepa tuman IIB JQB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan “Xavfsiz hudud” tadbiri davomida aniqlanib, 100.000 soʻm miqdordagi pullar xolislar ishtirokida ashyoviy dalil sifatida olingan.

JIB Qiziltepa tuman sudining ochiq sud majlisida X.Alibekovaning jinoyat ishi koʻrib chiqildi. Sud majlisida sudlanuvchining chin koʻngildan pushaymonligi, Oʻzbekiston Respublikasi JK 131-moddasining 2-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir qilganlikda aybdor deb topilib, 1 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.

JIB Qiziltepa tuman

sudi raisi   A.Avezov

Mavzuga oid