Qozogʻistonda «Olmaota-Toshkent-Termiz» avtoyoʻlining ayrim qismlariga harakatlanish uchun cheklovlar kiritildi Bugun Qozogʻistonda ob-havo sharoiti yomonlashishi, qor yogʻishi, kuchli boʻron va shamol boʻlayotgani…
Qozogʻistonda «Olmaota-Toshkent-Termiz» avtoyoʻlining ayrim qismlariga harakatlanish uchun cheklovlar kiritildi Bugun Qozogʻistonda ob-havo sharoiti yomonlashishi, qor yogʻishi, kuchli boʻron va shamol boʻlayotgani va koʻrish cheklangani…
Qozogʻistonda «Olmaota-Toshkent-Termiz» avtoyoʻlining ayrim qismlariga harakatlanish uchun cheklovlar kiritildi
Bugun Qozogʻistonda ob-havo sharoiti yomonlashishi, qor yogʻishi, kuchli boʻron va shamol boʻlayotgani va koʻrish cheklangani sababli mamlakatning 6 viloyatidagi respublika ahamiyatiga molik yoʻllarda barcha turdagi transportlar harakatiga cheklovlar kiritildi.
Qozogʻistonning quyidagi olti viloyatida avtomobillar harakati cheklangan:
Abay viloyati — umumiy uzunligi 177 kilometr boʻlgan Omsk-Maykapshagay» avtomobil yoʻli, Kalbatau- Bugaz qishloqlari;
Jambil viloyati — umumiy uzunligi 79 kilometr boʻlgan «Olmaota-Toshkent-Termiz» avtomobil yoʻli, Kenen-Qaynar qishloqlari. Harakat eski Korday dovoni orqali amalga oshiriladi;
Jetisu viloyati — umumiy uzunligi 100 kilometr boʻlgan «Usharal-Dostik» avtomobil yoʻli. Koʻktuma stantsiyasidan — Doʻstlik stantsiyasigacha;
Kustanay viloyati — Ulitau viloyatida ob-havo sharoitining yomonlashishi munosabati bilan umumiy uzunligi 83 kilometr boʻlgan «Jezkazgan-Petropavlovsk» avtomobil yoʻli. Ulitau viloyati chegarasidagi Arkaliq shahrigacha;
Turkiston viloyati — umumiy uzunligi 106 kilometr boʻlgan «Jizzax-Gagarin-Jetisay-Sariagash-Jibekjoli» avtomobil yoʻli – Qizilasker – Chernyayevka qishloqlari. Faqat yuk tashish transportlari uchun.
Ulitau viloyati — umumiy uzunligi 115 kilometr boʻlgan «Jezkazgan-Petropavlovsk» avtomobil yoʻli. Ulitau qishlogʻidan Kustanay viloyati chegarasigacha.