Payshanba, 12-noyabr, 2026 Toshkent +2° USD 11 974,02 EUR 13 432,46 RUB 144,58

Qozogʻistonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev ogʻir judolikka uchradi

Bugun, 13-noyabr kuni Bolat Nazarboyev 71 yoshida uzoq davom etgan xastalikdan soʻng vafot etdi, deya xabar bermoqda Zamon.uz. “Qozogʻiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Nursulton Nazarboyevning ukasi Bolat…

Qozogʻistonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev ogʻir judolikka uchradi

Bugun, 13-noyabr kuni Bolat Nazarboyev 71 yoshida uzoq davom etgan xastalikdan soʻng vafot etdi, deya xabar bermoqda Zamon.uz.
“Qozogʻiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Nursulton Nazarboyevning ukasi Bolat Abishevich Nazarboyev uzoq davom etgan kasallikdan soʻng vafot etdi”, — deb xabar berdi Nazarboyevning matbuot kotibi Aidos Ukibay.
2023-yilning 6-noyabr kuni Nursulton Nazarboyevning ukasi reanimatsiya boʻlimida yotgani xabar qilingan edi.
Bolat Nazarboyev 1953-yil 23-martda Olmaota viloyati, Qorasay tumani, Shamalgan qishlogʻida tugʻilgan.
1997-yildan beri u BN Invest xoldingiga rahbarlik qilib kelgan. 2016-yilda “Saliqalы urpaq” jamoat fondiga asos solgan. Shu yili u “Parasat” ordeni bilan taqdirlangan.

Mavzuga oid