Qumqoʻrgʻon suv isteʼmolchilari uyushmasidan 130 million soʻmdan ortiq soliq qarzdorligi undirildi
Soliqlar mamlakatimiz iqtisodiyotining jadal rivojlanishini taʼminlaydigan manbalardan biri hisoblanadi. Muddatida toʻlanmagan yoki soliq summasining toʻlovi kechiktirilgan har bir kun uchun qonunchilikda belgilangan tartibda…
Soliqlar mamlakatimiz iqtisodiyotining jadal rivojlanishini taʼminlaydigan manbalardan biri hisoblanadi.
Muddatida toʻlanmagan yoki soliq summasining toʻlovi kechiktirilgan har bir kun uchun qonunchilikda belgilangan tartibda ustama jarima (penya) hisoblanishi, qarzdorlik esa majburiy tartibida undirilishi belgilab qoʻyilgan.
Qumqoʻrgʻon tumanida faoliyat yuritib kelayotgan “Qumqoʻrgʻon SIU” jamiyati rahbariyati 130 million 722 ming soʻm soliq qarzdorligini oʻz vaqtida toʻlashdan boʻyin tovlab kelganligi sababli, tuman Davlat soliq inspeksiyasining qarorlariga asosan soliq qarzdorligini undirish belgilandi.
Mazkur ijro hujjati Byuroning tuman boʻlimi ish yurituviga qabul qilinib, qarzdor jamiyatning barcha hisob raqamlariga band solindi.
Shuningdek, soliq qarzdorligi oʻz vaqtida toʻlab berilmaganligi sababli, qarzdor jamiyatga tegishli boʻlgan tumanning “Arpapoya” mahallasida joylashgan “Xammom bino”si xatlovga olinib, onlayn auktsion savdolariga chiqarildi va natijada ushbu bino 144 million 789 ming soʻmga xaridor topildi.
Byuroning tuman boʻlimi tomonidan undirilgan pul mablagʻlari ijro hujjatlari boʻyicha soliq qarzdorligiga yoʻnaltirildi hamda qarzdor jamiyatga nisbatan qoʻllanilgan barcha cheklov choralari bekor qilindi.
Fazliddin Toshboyev,
Byuroning Qumqoʻrgʻon tuman boʻlimi davlat ijrochisi