Qurilish vazirligi sayti IShID tomonidan buzib kirilgani haqida xabar tarqaldi
Ijtimoiy tarmoqlarda Qurilish vazirligining “Ulush kiritish asosida uy-joy qurish” milliy axborot tizimi IShID jangarilari tomonidan buzib kirilgani haqida xabarlar tarqaldi. Xabarlarga koʻra, “Sizning tizimingiz IShID…
Ijtimoiy tarmoqlarda Qurilish vazirligining “Ulush kiritish asosida uy-joy qurish” milliy axborot tizimi IShID jangarilari tomonidan buzib kirilgani haqida xabarlar tarqaldi.
Xabarlarga koʻra, “Sizning tizimingiz IShID tomonidan buzilgan. Biz shu yerdamiz ” deya yozib qoldirib ketilgan. Vazirlik holat boʻyicha rasmiy munosabat eʼlon qildi.
Maʼlum qilinishicha, rasmiy saytga buzib kirilmagan.
“Bugun, 26 mart kuni Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligining mc.uz rasmiy saytidagi rd.mc.uz havolasi hakkerlar hujumi tufayli buzilgan edi.
Ayni paytda rasmiy sayt ishlayotganini va ushbu havoladagi faoliyat qayta tiklanayotganini maʼlum qilamiz”, – deyiladi xabarda.