Payshanba, 12-noyabr, 2026 Toshkent +1° USD 11 964,27 EUR 13 323,41 RUB 144,49

Quyosh panellari foydalanuvchilariga soliq imtiyozlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining «2023 yilda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qaroriga muvofiq qayta tiklanuvchi…

Quyosh panellari foydalanuvchilariga soliq imtiyozlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining «2023 yilda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qaroriga muvofiq qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalaridan foydalanayotgan yuridik va jismoniy shaxslarga soliq imtiyozlari beriladi.

Qarorga koʻra, umumiy quvvati 100 kVtgacha boʻlgan qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini oʻrnatgan va ulardan foydalanuvchi shaxslar, ular foydalanishga topshirilgan kundan eʼtiboran 3 yil muddatga:

ushbu qurilmalar boʻyicha — yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni, alohida turuvchi qurilmalar bilan band boʻlgan yer uchastkalari boʻyicha — yuridik shaxslardan olinadigan yer soligʻini, elektr energiyasini umumiy tarmoqqa sotishdan olingan foyda boʻyicha — foyda soligʻini;

uy-joy fondining koʻchmas mulk obʼektlari boʻyicha jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk soligʻi va jismoniy shaxslardan olinadigan yer soligʻini toʻlashdan ozod etiladi.

Agar qurilmalar oʻrnatilayotgan quyosh panellari quvvatining 25 foizidan kam boʻlmagan quvvatni tashkil etadigan elektr energiyasini saqlash tizimi bilan oʻrnatilgan boʻlsa, yuqorida nazarda tutilgan soliq imtiyozlari ular foydalanishga topshirilgan kundan boshlab 10 yil muddatga qoʻllaniladi.

Qayd etilgan soliq imtiyozlari jismoniy shaxslarga ular tomonidan umumiy quvvati 1 kVtdan ortiq boʻlgan qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalari oʻrnatilganda har bir obʼekt boʻyicha 1 marotaba qoʻllaniladi.

Bunda soliq imtiyozlarining yillik miqdori jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk soligʻi boʻyicha — bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravaridan, jismoniy shaxslardan olinadigan yer soligʻi boʻyicha esa — bazaviy hisoblash miqdoridan oshmasligi lozim.

Mavzuga oid