Payshanba, 12-noyabr, 2026 Toshkent +2° USD 11 974,02 EUR 13 432,46 RUB 144,58

Raqamlashtirishdan bosh tortayotgan rahbar – korruptsiyani yoʻq qilishga intilmagan rahbar – Shavkat Mirziyoyev

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida IT infratuzilmasini yaxshilash, soha va tarmoqlarni raqamlashtirish yuzasidan videoselektor yigʻilishi boshlandi. Davlatimiz rahbari jahon iqtisodiyoti shiddat bilan oʻzgarib borayotgan sharoitda…

Raqamlashtirishdan bosh tortayotgan rahbar – korruptsiyani yoʻq qilishga intilmagan rahbar – Shavkat Mirziyoyev

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida IT infratuzilmasini yaxshilash, soha va tarmoqlarni raqamlashtirish yuzasidan videoselektor yigʻilishi boshlandi.

Davlatimiz rahbari jahon iqtisodiyoti shiddat bilan oʻzgarib borayotgan sharoitda hech bir sohani raqamli texnologiyalarsiz tasavvur qilib boʻlmasligini taʼkidladi.
“Raqamlashtirishdan bosh tortayotgan rahbar – korruptsiyani yoʻq qilishga intilmagan rahbar”,dedi Prezident.
Joriy yilning oʻzida mamlakatimizda:

  • taʼlim, bank, moliya, bojxona, qishloq xoʻjaligi, geologiya, kadastr kabi sohalarni raqamli transformatsiya qilish doirasida 100 ta dasturiy loyiha ishlab chiqildi;- 500 dan ziyod yangi IT kompaniyalari tashkil etilib, sohaga 475 million dollar toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiya kirib keldi;
  • yil yakuni bilan IT xizmatlari hajmi 10 trillion soʻmga yetishi (2022 yilga nisbatan – 1,5 barobar koʻp), eksporti esa 300 million dollardan oshishi (2 barobar) kutilmoqda.Lekin sohani yanada rivojlantirib, xalqaro darajaga olib chiqish boʻyicha qilinadigan ishlar hali juda koʻp, dedi Prezident.

Mavzuga oid