Payshanba, 12-noyabr, 2026 Toshkent +2° USD 11 974,02 EUR 13 432,46 RUB 144,58

Rasman: Nazarboyev modelga uylangani va 65 yoshida oʻgʻil koʻrgani fosh boʻldi

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Surxondaryo hududiy filialida 2023-yilda davlat dasturlarida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan brifing bo’lib o’tdi Matbuot kotibi A. Samadov tomonidan joylarda amalga oshirilayotgan…

Rasman: Nazarboyev modelga uylangani va 65 yoshida oʻgʻil koʻrgani fosh boʻldi

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Surxondaryo hududiy filialida 2023-yilda davlat dasturlarida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan brifing bo’lib o’tdi

Matbuot kotibi A. Samadov tomonidan joylarda amalga oshirilayotgan yangi transformator punktlarini o’rnatish, temir-beton ustunlari o’rnatish yuzasidan ma’lumotlar berildi.

2023-yilda aholi xonadonlari va ijtimoiy soha obyektlarining elektr ta’minotini yanada yaxshilash maqsadida 423 ta transformatorlarni o‘rnatish va 876,1 km havo elektr tarmoqlarini tortish rejalashtirilgan bo‘lib, bugungi kungacha 360 ta transformator punktlari o‘rnatilib, 645,3 km havo elektr tarmoqlari yangilangan.

Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-oktyabrdagi “2022-2023-yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-408-sonli qarori doirasida 39 ta transformatorlarni o‘rnatish va 177,7 km elektr tarmoqlarini tortish rejalashtirilgan bo‘lib, bugungi kunda 39 ta transformatorlar o‘rnatildi va 177,7 km elektr uzatish tarmoqlari tortildi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 6-avgustdagi “Mahallalarda infratuzilmani yaxshilash orqali aholiga qulay sharoitlar yaratish va tadbirkorlikni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 435-son qarori doirasida 41 ta transformatorlarni o‘rnatish va 120,9 km elektr tarmoqlarini tortish rejalashtirilgan bo‘lib, bugungi kunda 133,7 km elektr tarmoqlari tortilib, 41 ta transformatorlar punktlari o‘rnatildi.

Bundan tashqari, Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashining 2023 yil 17-iyundagi “Surxondaryo viloyatidagi mahallalarda birinchi navbatda amalga oshiriladigan chora-tadbirlar” dasturi doirasida mahalla infratuzilmasini rivojlantirish hamda ijtimoiy soha obyektlarini qurish-ta’mirlash ishlari olib boriladigan obyektlar ro‘yxati va ularda amalga oshiriladigan qurilish-ta’mirlash ishlari bo‘yicha dastur muhokamasi to‘g‘risida”gi VI-74-107-8-0-K/23-son qarori doirasida 240 ta transformatorlarni o‘rnatish va 366,8 km elektr tarmoqlarini tortish rejalashtirilgan bo‘lib, shundan 222,9 km elektr tarmoqlari tortilib, 237 ta yangi transformator punktlari o’rnatilganligi va bu kabi ishlar viloyatning barcha tumanlari olib borilayotganligi ta’kidlandi.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Surxondaryo hududiy filiali matbuot xizmati.

Mavzuga oid