Payshanba, 12-noyabr, 2026 Toshkent +2° USD 11 974,02 EUR 13 432,46 RUB 144,58

Rossiyada Oʻzbekiston fuqarolari uchun ishlash huquqini beruvchi patent narxlari eʼlon qilindi

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi 2024 yil uchun Rossiyadagi patent narxlarini eʼlon qildi. Maʼlum qilinishicha, Rossiya Federatsiyasi hududida chet davlat, shu jumladan Oʻzbekiston fuqarolari uchun ishlash huquqini beruvchi…

Rossiyada Oʻzbekiston fuqarolari uchun ishlash huquqini beruvchi patent narxlari eʼlon qilindi

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi 2024 yil uchun Rossiyadagi patent narxlarini eʼlon qildi.

Maʼlum qilinishicha, Rossiya Federatsiyasi hududida chet davlat, shu jumladan Oʻzbekiston fuqarolari uchun ishlash huquqini beruvchi patentning oylik toʻlovi 2024 yil 1 yanvardan boshlab oʻzgargan. Masalan, patent uchun toʻlov eng yuqori hudud Yakutiya (12957 rubl), eng past Checheniston (2880 rubl) hisoblanadi.

Xususan, joriy yilda Rossiyaning yirik shaharlari boʻlgan Moskvada 7500 rubl, Sankt-Peterburgda 4600 rubl, Novosibirskda 6386 rubl, Yekaterinburgda 6650 rubl, Qozonda 5892 rublni tashkil etadi.

Eslatib oʻtamiz, mehnat migrantlari tomonidan toʻlov oʻz vaqtida amalga oshirilmasa yoki toʻlov miqdori belgilangan summadan kam boʻlsa, patent oʻz kuchini yoʻqotadi va ish beruvchi bunday xodimga ishlashga ruxsat bergani uchun jarimaga tortiladi.

Mavzuga oid