Payshanba, 12-noyabr, 2026 Toshkent +2° USD 11 974,02 EUR 13 432,46 RUB 144,58

Saida Mirziyoyeva Qatar Bosh vaziri, Tashqi ishlar vaziri shayx Muhammad bin Abdulrahmon Ol Soniy bilan koʻrishdi

Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva Doha shahrida Qatar Bosh vaziri, Tashqi ishlar vaziri shayx Muhammad bin Abdulrahmon Ol Soniy bilan uchrashuv oʻtkazdi. «Biz Oʻzbekiston-Qatar munosabatlarini rivojlantirish istiqbollarini,…

Saida Mirziyoyeva Qatar Bosh vaziri, Tashqi ishlar vaziri shayx Muhammad bin Abdulrahmon Ol Soniy bilan koʻrishdi

Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva Doha shahrida Qatar Bosh vaziri, Tashqi ishlar vaziri shayx Muhammad bin Abdulrahmon Ol Soniy bilan uchrashuv oʻtkazdi.

«Biz Oʻzbekiston-Qatar munosabatlarini rivojlantirish istiqbollarini, shuningdek, kelgusi tadbirlar jadvalini batafsil muhokama qildik.
Suhbat chogʻida oʻzaro aloqalarimiz 2023 yili yangi bosqichga oʻtgani taʼkidlandi. Samarqand (2023 yil 5-6 iyun) va Doha (2023 yil 2 oktyabr) sammitlari tarixiy ahamiyat kasb etib, hamkorlikning yangi qirralariga eshik ochdi. Oʻzbekiston bilan Qatar oʻrtasidagi munosabatlarda mutlaqo yangi davr boshlandi, deya olamiz.

Biz oʻzaro madaniy-maʼrifiy aloqalarni rivojlantirishdan manfaatdormiz. Qatarlik hamkorlar bilan mustahkam rishtalar bogʻlanib, qoʻshma loyihalar faol amalga oshiriladi, degan niyatdamiz», – deydi Mirziyoyeva.
Qatar Saida Mirziyoyeva.

Mavzuga oid