Saida Mirziyoyeva shaxmat boʻyicha jahon chempioni Afruza Hamdamovani tabrikladi
Avvalroq, 14 yoshli Afruza Hamdamova Italiyada boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi chempionatda jahon chempioni boʻlgani haqida xabar bergan edik. Saida Mirziyoyeva chempion qizni oʻzining ijtimoiy tarmoqlardagi…
Avvalroq, 14 yoshli Afruza Hamdamova Italiyada boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi chempionatda jahon chempioni boʻlgani haqida xabar bergan edik. Saida Mirziyoyeva chempion qizni oʻzining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida tabriklab, post qoldirdi.
“Oʻn toʻrt yoshli shaxmatchi qizimiz Afruza Hamdamova Italiyada boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi chempionatda mamlakatimiz tarixida birinchi bor jahon chempioni boʻldi!
Afruza oʻtgan yili “Zakovat-Gambit” turnirining C toifasida gʻolib boʻlgan edi, bugun esa u — jahon chempioni!
Tabriklayman, Afruza! Bu — misli koʻrilmagan muvaffaqiyat, tengdoshlar uchun zoʻr motivatsiya va mamlakatimiz uchun iftixor manbaidir! Qizlarimiz uchun jahon birinchiliklari sari yoʻlni dadil ochib berganingiz uchun tashakkur!
Murabbiylaringiz va ota-onangizga ham katta rahmat”, deb yozadi Mirziyoyeva.