Payshanba, 12-noyabr, 2026 Toshkent +2° USD 11 974,02 EUR 13 432,46 RUB 144,58

Saida Mirziyoyeva yangi harakat boshlanganini eʼlon qildi

Bachadon boʻyni saratoni kasalligi – global muammo va Oʻzbekiston ham bundan chetda qolmagan. Ushbu kasallik bilan kurashishda chala-chulpa harakatlar hech qanday natija bermaydi, deb yozdi Saida Mirziyoyeva. “Bugun –…

Saida Mirziyoyeva yangi harakat boshlanganini eʼlon qildi

Bachadon boʻyni saratoni kasalligi – global muammo va Oʻzbekiston ham bundan chetda qolmagan. Ushbu kasallik bilan kurashishda chala-chulpa harakatlar hech qanday natija bermaydi, deb yozdi Saida Mirziyoyeva.
“Bugun – Bachadon boʻyni saratoniga qarshi harakatlar kunida Oʻzbekistonning ushbu kasallik profilaktikasi va unga qarshi kurashish boʻyicha intilishlarini yana bir bor taʼkidlashni istardim. BMT Global qoʻshma dasturi yordamida biz yurtimizdagi har bir ayolning salomatligini asrash uchun jiddiy harakat qilishimiz lozim. Tashxis qoʻyish, davolash va palliativ yordam koʻrsatishga qodir barqaror sogʻliqni saqlash tizimini yaratishimiz kerak.
Ijtimoiy sohaga masʼul jamoamiz bilan yangi milliy dasturni yaratish ustida ish olib bormoqdamiz. Nihoyat, yurtimizning har bir burchagidagi ayollarga tashxis qoʻyish va davolash uchun barcha sharoitlar yaratiladi.
Men bu dardning oldini olish, oʻz vaqtida davolash uchun barchani ushbu kasallik haqida oʻz bilimlarini oshirishga chaqiraman.
Saʼy-harakatlarimiz xalqaro hamkorlarimizning beqiyos madadidan kuch olmoqda. Birgalikda biz bu baloni yengamiz”, qayd etadi u.

Mavzuga oid