Payshanba, 12-noyabr, 2026 Toshkent +2° USD 11 974,02 EUR 13 432,46 RUB 144,58

Samarqandda ichida yoʻlovchilar boʻlgan avtobus agʻdarilib ketdi (video)

Samarqandning Oqdaryo tumanida avtobus YTHga uchrashi oqibatida yoʻlovchilardan biri vafot etdi. Bu haqda viloyat IIB matbuot kotibi xabar berdi. Maʼlum qilinishicha, 22-noyabr kuni soat 11:50 larda Oqdaryo tumani…

Samarqandda ichida yoʻlovchilar boʻlgan avtobus agʻdarilib ketdi (video)

Samarqandning Oqdaryo tumanida avtobus YTHga uchrashi oqibatida yoʻlovchilardan biri vafot etdi.

Bu haqda viloyat IIB matbuot kotibi xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, 22-noyabr kuni soat 11:50 larda Oqdaryo tumani hududidan oʻtuvchi M-37 avtomobil yoʻlining 30-kilometrida yoʻlovchi tashuvchi avtobus haydovchisi boshqaruvni yoʻqotib, yoʻlning beton toʻsigʻiga urilgan va agʻdarilgan.
Buning oqibatida avtobusda boʻlgan bir nafar yoʻlovchi vafot etgan, 17 nafar fuqaroga birinchi tibbiy yordam koʻrsatilib, uylariga javob berilgan.

Mavzuga oid