Payshanba, 12-noyabr, 2026 Toshkent +2° USD 11 974,02 EUR 13 432,46 RUB 144,58

Samarqandda “Open byudjet”da 1 mlrd 200 mln soʻm yutib olgan maktab devori qulab, oʻquvchini bosib qoldi

Samarqand shahrida maktab devori qulab, oʻquvchini bosib qolgani haqida xabarlar tarqaldi. Viloyat Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi axborot xizmati holat yuzasidan rasmiy maʼlumot berdi. Holat boshqarma…

Samarqandda “Open byudjet”da 1 mlrd 200 mln soʻm yutib olgan maktab devori qulab, oʻquvchini bosib qoldi

Samarqand shahrida maktab devori qulab, oʻquvchini bosib qolgani haqida xabarlar tarqaldi. Viloyat Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi axborot xizmati holat yuzasidan rasmiy maʼlumot berdi.

Holat boshqarma masʼullaridan iborat ishchi guruh tomonidan oʻrganildi. Qayd etilishicha, Samarqand shahridagi 5-umumtaʼlim maktabi “Open byudjet”da gʻolib boʻlib, 1 milliard 200 million soʻm mablagʻ yutib olgan.
Oʻrganishlar davomida maktab hududida qurilish ishlarini boshlagan “Quruvchi” tomonidan xavfsizlik choralari koʻrilmagani aniqlandi va viloyat Qurilish boshqarmasiga holat yuzasidan xat chiqarildi.

Shuningdek, “Quruvchi”dan oʻz vaqtida xavfsizlik choralarini koʻrishni talab qilmagani uchun maktab direktoriga salomatligi tiklash taʼtilidan ishga qaytgandan soʻng (ayni paytda salomatligini tiklash taʼtilida) qonun doirasida choralar koʻriladi, deyiladi xabarda.

Mavzuga oid