Payshanba, 12-noyabr, 2026 Toshkent +2° USD 11 974,02 EUR 13 432,46 RUB 144,58

Samarqandda ota farzandlari uchun 300 million soʻm aliment toʻladi

Avvaliga qarzdor otaning barcha mol-mulkiga taqiq qoʻyilgan. Qoʻshrabot tumanida ota farzandlari uchun 300 million soʻm aliment toʻladi. Bu haqda MIB matbuot kotibi Kun.uzʻga xabar berdi. Maʼlum qilinishicha, Fuqarolik…

Samarqandda ota farzandlari uchun 300 million soʻm aliment toʻladi

Avvaliga qarzdor otaning barcha mol-mulkiga taqiq qoʻyilgan.
Qoʻshrabot tumanida ota farzandlari uchun 300 million soʻm aliment toʻladi. Bu haqda MIB matbuot kotibi Kun.uzʻga xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, Fuqarolik ishlari boʻyicha Ishtixon tumanlararo sudining sud buyrugʻiga asosan qarzdor B.L.dan undiruvchi S.Q.ga uch nafar farzandi taʼminoti uchun aliment undirish belgilangan. Sud qaroriga asosan ijro hujjati byuroning tuman boʻlimi tomonidan ijro ishi yuritilgan.

Mazkur ijro hujjatiga asosan qarzdorning mol-mulklarini aniqlash maqsadida “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi qonunning 21, 87-moddalariga koʻra tegishli tashkilotlarga soʻrovnomalar yuborilgan. Olingan maʼlumotlarga asosan barcha mol-mulklariga taqiq qoʻyilgan.
Byuroning Qoʻshrabot tuman boʻlimi tomonidan mazkur ijro hujjati ijrosini taʼminlash mobaynida olib borilgan tushuntirishlardan soʻng qarzdor farzandlari uchun biryoʻla 300 million soʻm aliment pulini toʻlab bergan.

Mavzuga oid