Payshanba, 12-noyabr, 2026 Toshkent +2° USD 11 974,02 EUR 13 432,46 RUB 144,58

Samarqandlik maktab bitiruvchisi Oʻzbekistondagi eng yosh IELTS 9,0 sohibiga aylandi

2004 yilda tugʻilgan Samarqand shahar 43-IDUM bitiruvchisi Suhrob Murodov IELTS imtihonida eng yuqori natija – 9,0 ballni qoʻlga kiritdi va IELTS imtihonidan 9,0 ballni kiritgan eng yosh (19 yosh) oʻzbekistonlikka aylandi.…

Samarqandlik maktab bitiruvchisi Oʻzbekistondagi eng yosh IELTS 9,0 sohibiga aylandi

2004 yilda tugʻilgan Samarqand shahar 43-IDUM bitiruvchisi Suhrob Murodov IELTS imtihonida eng yuqori natija – 9,0 ballni qoʻlga kiritdi va IELTS imtihonidan 9,0 ballni kiritgan eng yosh (19 yosh) oʻzbekistonlikka aylandi.
S.Murodov 2021 yil mart oyida allaqachon mavqei IELTSdan kam boʻlmagan C2 Proficiency imtihonini topshirib, IELTS 9,0 ga teng boʻlgan natija qayd etgandi.

  • IELTS imtihonidan 9,0 ball olish qiyindek koʻrinishi mumkin, lekin hozirgi kunda xorijiy tillar, jumladan, ingliz tilini oʻrganishga berilayotgan eʼtibor biz kabi yoshlarning til oʻrganishga ishtiyoqimizni oshirib bormoqda, – deydi Suhrobning oʻzi.
    Xalqaro ekspert, Oʻzbekistondan birinchi boʻlib Kembridj universitetining DELTA (Diploma of English Language Teaching to Adults)ni qoʻlga kiritgan Muhammadxon Soliyevning aytishicha, hozirgi kunda odatda faqatgina xorijiy til oʻqituvchilari va IELTS instruktorlarigina S2 yoki IELTS 9,0 ball oladi. Suhrob 11-sinfda oʻqigan paytidayoq S2 hamda IDUM oʻquvchisi boʻla turib, IELTSdan bunaqa yuqori natijalarni qayd etgani quvonarli hol. Oʻylaymanki, yaqin orada Suhrobga oʻxshagan yoshlarimiz soni oshadi.

Mavzuga oid