Sanʼatkorlar toʻy uchun ijod qilyapti – Ozodbek Nazarbekov Oʻzbekistonda mualliflik huquqi ishlamasligi tufayli qoʻshiqchilar toʻy uchun ijod qilyapti. Bu haqda kecha, 11 mart kuni Madaniyat vaziri Ozodbek…
Sanʼatkorlar toʻy uchun ijod qilyapti – Ozodbek Nazarbekov Oʻzbekistonda mualliflik huquqi ishlamasligi tufayli qoʻshiqchilar toʻy uchun ijod qilyapti. Bu haqda kecha, 11 mart kuni Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov AOKAda boʻlib…
Sanʼatkorlar toʻy uchun ijod qilyapti – Ozodbek Nazarbekov
Oʻzbekistonda mualliflik huquqi ishlamasligi tufayli qoʻshiqchilar toʻy uchun ijod qilyapti. Bu haqda kecha, 11 mart kuni Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov AOKAda boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida soʻz ochdi.
Vazirning aytishicha, bugungi kunda mualliflar oʻzlarining huquqini yaxshi bilmasligidan tashqari, huquq-tartibot organlarida ham bu masala bilan shugʻullanishga imkoniyat yetarli emas. “Mualliflar oʻz huquqini tanishi — eng katta yechim. Lekin hozir faqat tashkilotchilargina bu sohani tushunyapti. Hattoki, huquq-tartibot organlarida ham bu bilan mutlaqo shugʻullanish imkoni yoʻq, ular uchun ham koʻp narsalarga oydinlik kiritish kerak. Chunki hali ochilmagan masalalarimiz bor”, deya taʼkidlaydi Madaniyat vaziri.
Ozodbek Nazarbekovning oʻzi shu kungacha muallifligidan manfaatdor boʻlmaganini qoʻshimcha qildi. Uning aytishicha, vazirlik tashabbusi bilan mualliflar huquqini himoya qiluvchi palata tashkil etilgan. U vazirlik qoshidagi nodavlat tashkilot boʻlsa-da, mualliflar huquqini himoya qilish masalalarini mutlaqo yechish maqsadida yagona palata sifatida yoʻlga qoʻyilgan. Mazkur palata Ozodbek Nazarbekovga butun xalqaro maydondagi huquqi “qanaqadir Yevgeniy” degan odamga rasmiylashtirilgani haqidagi maʼlumotni topib, taqdim etgan. “Sodda qilib aytganda, bu muammo hali stolni ustida emas. Hali hammaning qoʻli yetar darajadagi muammo emas.
Lekin biz harakat qilamiz, kurashdan toʻxtamaymiz, buni amalga oshiramiz. Sababi mualliflar huquqlarini himoya qilinishi bizga birinchi navbatda sifatni taʼminlab beradi. Shu orqali ijodkorlar sanʼat asarlari yarata boshlaydi. Chunki oʻsha joydan manfaatdor boʻlib tursa, yuqoriga qarab ijod qiladi. Hozir ijodkorlar toʻydan manfaatdor boʻlyapti, toʻyga ijod qilyapti. Buni ham cheklay olmaymiz, bu ham ixtiyor”, deya taʼkidlaydi vazir Ozodbek Nazarbekov.