Payshanba, 12-noyabr, 2026 Toshkent +1° USD 11 964,27 EUR 13 323,41 RUB 144,49

Savdo-sanoat palatasi raisining birinchi oʻrinbosari Islom Jasimov vafot etdi

Savdo-sanoat palatasi raisining birinchi oʻrinbosari, ustozimiz Islom Jasimov 66 yoshida hayotdan koʻz yumdi. Bu haqda palata rasmiy kanalida eʼlon qilindi. Islom Jasimov 1957 yil 24 martda Toshkent viloyatida tugʻilgan.…

Savdo-sanoat palatasi raisining birinchi oʻrinbosari Islom Jasimov vafot etdi

Savdo-sanoat palatasi raisining birinchi oʻrinbosari, ustozimiz Islom Jasimov 66 yoshida hayotdan koʻz yumdi. Bu haqda palata rasmiy kanalida eʼlon qilindi.

Islom Jasimov 1957 yil 24 martda Toshkent viloyatida tugʻilgan.
1986-2017 yillar davomida prokuratura organlari tizimida masʼuliyatli lavozimlarda faoliyat koʻrsatib kelgan.

1993 yilda “Oʻzbekiston Respublikasi faxriy yorligʻi”, 2001 yilda «Shuhrat» medali va 2017 yilda «Doʻstlik» ordeni davlat mukofotlari hamda 2020 yilda – qonun ustuvorligini mustahkamlashga qoʻshgan hissasi uchun “MDH Bosh prokurorlari muvofiqlashtiruvchi kengashining 25 yilligi” medali bilan taqdirlangan.

Savdo-sanoat palatasi jamoasi Jasimov Islom Kazimovichning vafoti munosabati bilan uning oila aʼzolari va yaqinlariga chuqur taʼziya izhor qiladi.
Islom Jasimov soʻnggi manzilga 16 yanvar kuni “Islom ota” jomeʼ masjidida peshin namozi vaqtida kuzatiladi.

Mavzuga oid