Saylov qonunchiligining mohiyati va saylov oʻtkazishning asosiy printsiplari
Bosh qomusimizga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolari davlat hokimiyati vakillik organlariga saylash va saylanish huquqiga egadirlar. Teng saylov huquqi, saylovda ishtirok etuvchi har bir fuqaro bir ovozga ega boʻladi.…
Bosh qomusimizga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolari davlat hokimiyati vakillik organlariga saylash va saylanish huquqiga egadirlar. Teng saylov huquqi, saylovda ishtirok etuvchi har bir fuqaro bir ovozga ega boʻladi. Ovoz berish huquqi, oʻz xohish irodasini bildirish tengligi va erkinligi qonun bilan kafolatlanadi.
2019 yil 25 iyun kuni mamlakat ijtimoiy –siyosiy hayotida muhim oʻrin tutgan saylovlarni oʻtkazishning bosh taomili- Oʻzbekiston Respublikasi Saylov Kodeksi qabul qilindi.
Ushbu hujjatning huquqiy ahamiyati shundan iboratki, saylov tizimini isloh qilish, uning yoʻnalishini oʻzgartirish bilan bogʻliq koʻplab yangiliklar kiritildi.
Ushbu Kodeks bilan tartibga solinadigan munosabatlar haqida fikr bildiradigan boʻlsak, mazkur kodeks Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari deputatlari saylovlariga tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻtkazish bilan bogʻliq munosabatlarni tartibga soladi hamda Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining xohish-irodasi erkin bildirilishini taʼminlovchi kafolatlarini belgilaydi.
Oʻzbekiston Respublikasining 2021 yil 8 fevraldagi OʻRQ-670-sonli Qonuni bilan ushbu Kodeksga bir qator oʻzgarishlar kiritildi.
Saylov toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, ushbu Kodeks va Oʻzbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlaridan iborat.
OʻzbekistonRespublikasidasaylovoʻtkazishningasosiyprintsiplari
OʻzbekistonRespublikasidasaylovumumiy, teng, toʻgʻridan-toʻgʻrisaylovhuquqiasosidayashirinovozberishorqalioʻtkaziladi.
Saylovochiqvaoshkoraoʻtkaziladi.
Saylov kuni oʻn sakkiz yoshga toʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari saylash huquqiga ega.
Fuqarolar jinsi, irqiy va milliy mansubligi, tili, dinga munosabati, ijtimoiy kelib chiqishi, eʼtiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqei, maʼlumoti, mashgʻulotining turi va xususiyatidan qatʼi nazar, teng saylov huquqiga ega.
Deputatlikka nomzodlar koʻrsatgan siyosiy partiyalar organlari, nozodlar, ishonchli vakillar, kuzatuvchilar va saylovchilar saylov komissiyalarining qarorlari ustidan ushbu qaror qabul qilingan kundan keyin besh kun ichida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudiga qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran besh kun ichida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudiga shikoyat qilinishi mumkin. Shikoyat kelib tushgandan keyin uch kun ichida, saylovga kamida olti kun qolganda esa darhol koʻrib chiqiladi. Shikoyat bergan shaxslar shikoyatni koʻrib chiqishda bevosita ishtirok etish huquqiga ega.
Sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqarolar, shuningdek sud hukmi bilan ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan shaxslar saylanishi mumkin emas.
Sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqarolar, shuningdek ogʻir va oʻta ogʻir jinoyatlar sodir etganligi uchun sudning hukmi bilan ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan shaxslar saylovda ishtirok etmaydi.
Toʻgʻridan-toʻgʻri saylov huquqi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Qonunchilik palatasi deputatlari, mahalliy Kengashlar deputatlari fuqarolar tomonidan bevosita saylanadi.
Yashirinovozberish, saylovdaerkinvayashirinovozberiladi. Saylovchilarningxohish-irodasininazoratqilishgayoʻlqoʻyilmaydi.
Yashirin ovoz berish saylovchining xohish-irodasi ustidan har qanday tarzda nazorat qilish imkoniyatini istisno etadigan tegishli sharoitlarni yaratish orqali taʼminlanadi.
Saylov komissiyalarining faoliyatiga aralashishga yoʻl qoʻyilmaydi va bunday aralashuv qonunga muvofiq javobgarlikka sabab boʻladi.
Saylov komissiyalari va ularning aʼzolari oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, ushbu Kodeksga va boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.
Ogʻir yoki oʻta ogʻir jinoyatlar sodir etganligi uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoxud sudlanganligi olib tashlanmagan fuqarolar, Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harbiy xizmatchilari, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining, boshqa harbiylashtirilgan boʻlinmalarning xodimlari, diniy tashkilotlar va birlashmalarning professional xizmatchilari Markaziy saylov komissiyasining aʼzosi boʻlishi mumkin emas.
Markaziy saylov komissiyasining aʼzosi boshqa saylov komissiyasining yoki siyosiy partiyaning aʼzosi boʻlishi mumkin emas.
Markaziy saylov komissiyasining doimiy asosda ishlovchi aʼzolari ilmiy va pedagogik faoliyatdan tashqari haq toʻlanadigan boshqa turdagi faoliyat bilan shugʻullanishi mumkin emas.
Markaziy saylov komissiyasi aʼzolariga Qonunchilik palatasi deputatlariga, Senat aʼzolariga nisbatan qoʻllaniladigan daxlsizlik toʻgʻrisidagi qoidalar tatbiq etiladi.
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbarlari;
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar harbiy xizmatchilari;
Oʻzbekiston Respublikasi Davlatt xavfsizlik xizmati, boshqa harbiylashtirilgan boʻlinmalari;
huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari;
sudyalar;
saylov komissiyalari aʼzolari;
diniy tashkilotlar professional xizmatchilarning saylovoldi tashviqotini olib borish taqiqlanadi.
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining mansabdor shaxslariga oʻz mansab va xizmat mavqeidan saylovoldi tashviqoti vaqtida har qanday siyosiy partiyalarning yoki nomzodning foydasiga yoki unga qarshi
Xadicha Raximova, Surxondaryo viloyat maʼmuriy sudining sudyasi