Sayyor qabulda huquqiy targʻibot
2021 yil 22 may kuni Surxondaryo viloyat sudi sudi, viloyat maʼmuriy sudi, fuqarolik ishlari boʻyicha Denov tumanlararo sudi, Denov tumanlararo iqtisodiy sudi, jinoyat ishlari boʻyicha Oltinsoy tuman sudi, Oltinsoy tuman adliya…
2021 yil 22 may kuni Surxondaryo viloyat sudi sudi, viloyat maʼmuriy sudi, fuqarolik ishlari boʻyicha Denov tumanlararo sudi, Denov tumanlararo iqtisodiy sudi, jinoyat ishlari boʻyicha Oltinsoy tuman sudi, Oltinsoy tuman adliya boʻlimi va tuman ichki ishlar boʻlimi profilaktika inspektorlari bilan hamkorlikda “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarga “mahallabay” kesimida hamda tuman hokimi hududi 1-sektor hududida joylashgan “A.Boʻtayev”, “Oqarbuloq” va “Botosh” MFY fuqarolari bilan huquqiy targʻibot va sayyor qabul oʻtkazildi. Dastlab ishtirokchilarga bir qator qabul qilingan qonun hujjatlari, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasining “Xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish toʻgʻrisida”gi, “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari toʻgʻrisida”gi, “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻgʻrisida”gi, 2021 yil 8 fevraldagi OʻRQ-670-son “Saylov qonunchiligi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi, Oʻzbekiston Respublikasi “Odam savdosiga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi, Oʻzbekiston Respublikasi “Korruptsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi qonunlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 28 apreldagi 250-son “Moddiy yordam va koʻmakka muhtoj oilalarni, xotin-qizlar va yoshlarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarorlari mazmun-mohiyati haqida tanishtirib oʻtildi. Shundan soʻng mahalla fuqarolari bilan sayyor qabul tashkil etilib, ushbu mahallalarda yashovchi 9 nafar fuqarolarning sud-huquq va ijtimoiy-iqtisodiy sohadagi murojaatlari tinglanib, muammolariga yechim topildi va ularni qiziqtirgan savollar yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi. Fuqarolar oʻzlarining sud bilan bogʻliq masalalar yuzasidan savollariga javoblar olishdi.
Jinoyat ishlari boʻyicha Oltinsoy tuman sudining raisi Abrayev Ilhom