Payshanba, 12-noyabr, 2026 Toshkent +1° USD 11 964,27 EUR 13 323,41 RUB 144,49

Sayyor qabulda targʻibot tadbirlari ham olib borilmoqda

Joriy yilning 08 may kuni Surxondaryo viloyat sudi sudyalari Dj.Babatov, Z.Narziyev, Z.Tojiyev, Surxondaryo viloyat maʼmuriy sudi sudyasi O.Eronqulov, fuqarolik ishlari boʻyicha Denov tumanlararo iqtisodiy sudi raisi Z.Rustamov,…

Sayyor qabulda targʻibot tadbirlari ham olib borilmoqda

Joriy yilning 08 may kuni Surxondaryo viloyat sudi sudyalari Dj.Babatov, Z.Narziyev, Z.Tojiyev, Surxondaryo viloyat maʼmuriy sudi sudyasi   O.Eronqulov,  fuqarolik ishlari boʻyicha Denov tumanlararo iqtisodiy sudi raisi Z.Rustamov, jinoyat ishlari boʻyicha Denov tuman sudi raisi K.Murodov, fuqarolik ishlari boʻyicha Denov tumanlararo sudi sudyalari Gʻ.Xidirov va F.Allayorovlar tomonidan mutassaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda Denov tumani “Vodiy” MFY  va “Bogʻi shamol” MFY fuqarolari ishtirokida “Bogʻi shamol” MFY da joylashgan 5-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabida huquqiy maslahatga muxtoj boʻlgan fuqarolargamanzilli huquqiy yordam koʻrsatish boʻyicha sayyor uchrashuv oʻtkazildi.

Dastlab sayyor uchrashuvda yigʻilganlarga “Saylov qonunchiligi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonun qabul qilinganligini va mazkur oʻzgartirishlarga koʻra Prezidentlikka saylov, Oliy Majlisning Qonunchilik palatasiga,  Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesiga, viloyatlar, tumanlar, shaharlar davlat hokimiyati vakillik organlariga saylov tegishincha ularning konstitutsiyaviy vakolat muddati tugaydigan yilda – oktyabr oyi uchinchi oʻn kunligining birinchi yakshanbasida oʻtkazilishi belgilanligini, shuningdek, saylovlarni oʻtkazish boʻyicha saylov uchastkalari tumanlar va shaharlar hokimliklarining taqdimnomasiga binoan okrug saylov komissiyalari tomonidan, tuman, shahar Kengashlari deputatlari saylovini oʻtkazish boʻyicha saylov uchastkalari esa tuman, shahar saylov komissiyalari tomonidan tuzilishini hamda bundan buyon Xalq deputatlari tuman, shahar (bundan xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi mustasno) Kengashiga saylov oʻtkazish boʻyicha okrug saylov komissiyalari tuzilmasligini tushuntirib oʻtdilar. “Saylov qonunchiligi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonun qabul qilinganligini va mazkur oʻzgartirishlarga koʻra Prezidentlikka saylov, Oliy Majlisning Qonunchilik palatasiga,  Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesiga, viloyatlar, tumanlar, shaharlar davlat hokimiyati vakillik organlariga saylov tegishincha ularning konstitutsiyaviy vakolat muddati tugaydigan yilda – oktyabr oyi uchinchi oʻn kunligining birinchi yakshanbasida oʻtkazilishi belgilanligini, shuningdek, saylovlarni oʻtkazish boʻyicha saylov uchastkalari tumanlar va shaharlar hokimliklarining taqdimnomasiga binoan okrug saylov komissiyalari tomonidan, tuman, shahar Kengashlari deputatlari saylovini oʻtkazish boʻyicha saylov uchastkalari esa tuman, shahar saylov komissiyalari tomonidan tuzilishini hamda bundan buyon Xalq deputatlari tuman, shahar (bundan xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi mustasno) Kengashiga saylov oʻtkazish boʻyicha okrug saylov komissiyalari tuzilmasligini tushuntirib oʻtdilar.

Shundan soʻng,Surxondaryo viloyat sudi sudyalari va jinoyat, fuqarolik, iqtisodiy ishlar boʻyicha Denov tumanlararova tuman sudi raislari va sudyalari hamda tegishli mutassadi tashkilotlar xodimlaridan iborat ishchi guruhi aʼzolari tomonidan ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash boʻyicha hamda sud-huquq sohasiga oid masalalar yuzasidan huquqiy yordamga muxtoj boʻlgan jami “12” nafar fuqarolar bilan sayyor qabul oʻtkazildi.

Qabul kilingan fuqarolarning “4” nafari sud-huquq masalalarida, “8” nafari esa ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa masalalarga oid murojaatlarni tashkil etadi.

Qabul qilingan murojaatlar boʻyicha ularning muammolari tinglandi, ularga  huquqiy yechim topish choralari koʻrildi va murojaatchilarga huquqiy tushuntirishlar berildi.

Mazkur sayyor qabulda hududda istiqomat qilib kelayotgan fuqarolarning sud-huquq sohasiga oid muammolarini oʻrganish va ularni qonunda belgilangan tartibda hal etish mexanizmlari toʻgʻrisida takliflar bildirildi.

Surxondaryo viloyat sudining jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boʻlimi

Mavzuga oid