Shahram Gʻiyosov Toshkentda tantanali kutib olindi
Eslatib oʻtamiz, 2-markaziy jangida yarim oʻrta vazn (66,6 kg) toifasida oʻzbekistonlik Shahram Gʻiyosov meksikalik Pablo Sezar Kanoga qarshi ringga koʻtarildi. Ushbu jang 12 raund etib belgilangan, ammo jangning 11-raundi…
Eslatib oʻtamiz, 2-markaziy jangida yarim oʻrta vazn (66,6 kg) toifasida oʻzbekistonlik Shahram Gʻiyosov meksikalik Pablo Sezar Kanoga qarshi ringga koʻtarildi.
Ushbu jang 12 raund etib belgilangan, ammo jangning 11-raundi yakunlangan paytda Sezar Kano jarohat olib, jangni davom ettira olmadi.
Hakamlar ushbu uchrashuvning gʻolibini ochkolar hisoblash evaziga aniqlashdi. Uchta hakam ham Gʻiyosovning gʻalabasini eʼtirof etdi. Shu tariqa yurtdoshimiz oʻzining 15-gʻalabasini qoʻlga kiritdi.
Ushbu jang gʻolibi WBA kamari uchun rasmiy daʼvogarga aylanadi.