Payshanba, 12-noyabr, 2026 Toshkent +2° USD 11 974,02 EUR 13 432,46 RUB 144,58

Shahrisabz shahri va Shahrisabz tumanida Turizm klasteri tashkil qilinadi

Shahrisabz shahri – Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining 2024 yildagi turizm poytaxti deb eʼlon qilingan. Shu bois hukumat oldiga Shahrisabzda turizmni rivojlantirish boʻyicha qator vazifalar qoʻyildi. Bu haqda Prezident matbuot…

Shahrisabz shahri va Shahrisabz tumanida Turizm klasteri tashkil qilinadi

Shahrisabz shahri – Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining 2024 yildagi turizm poytaxti deb eʼlon qilingan. Shu bois hukumat oldiga Shahrisabzda turizmni rivojlantirish boʻyicha qator vazifalar qoʻyildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Shahrisabz shahri va Shahrisabz tumanida Turizm klasteri tashkil qilinadi. Hisorak-Gʻelon va Hisorak-Sarchashma yoʻli ikki tasmali qilib taʼmirlanadi.  

Chiroqchi-Shoʻrquduq avtomobil yoʻlining 30 kilometri taʼmirlanib, Samarqanddan Shahrisabzga qatnov vaqti qisqaradi. Natijada Shahrisabzga koʻproq sayyohni jalb qilish imkoniyati yaratiladi.

“Shahrisabzda turizm klasterini tashkil etish doirasida 2025 yilda Gʻelondan oʻtuvchi Oqsu daryosida quvvati 24 megavattli 3 ta GESni ishga tushirish rejalashtirilgan”,–deyiladi xabarda.

Shuningdek, Shahrisabz turizm texnikumida Shveytsariya dasturi asosida yiliga 100 nafar mutaxassis tayyorlanadi.

Umuman, mutasaddilar va viloyat hokimlariga turizm salohiyati yuqori 20 ta tumanni tanlab olib, Rossiya, Turkiya, Xitoydan maslahatchilarni jalb qilgan holda ushbu tumanlar master rejasini ishlab chiqish va har biriga kamida 50 million dollarlik investitsiya jalb qilish boʻyicha takliflar ishlab chiqish topshirildi.

Mavzuga oid