Payshanba, 12-noyabr, 2026 Toshkent +2° USD 11 974,02 EUR 13 432,46 RUB 144,58

Shavkat Mirziyoyev Abdulla Aripovga jiddiy topshiriq berdi

Avval xabar berganimizdek, Prezident raisligida joriy yilda iqtisodiyotni rivojlantirish boʻyicha hukumat oldidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtmoqda. Oʻtgan yili byudjet tushumi uchun eng katta…

Avval xabar berganimizdek, Prezident raisligida joriy yilda iqtisodiyotni rivojlantirish boʻyicha hukumat oldidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtmoqda.

Oʻtgan yili byudjet tushumi uchun eng katta zaxira – yerlarni tadbirkorlarga auktsion orqali sotish orqali 1 trillion soʻm tushum boʻldi, 12 mingta yangi loyihalar qoʻshildi. Lekin joylardagi sustkashlik bois, oʻtgan yili 3 trillion soʻm qoʻshimcha tushum boy berildi.

Bosh vazirga yil davomida auktsionga umuman yer chiqarmagan Baliqchi, Jalalquduq, Bektemir, Mirobod, Olmazor, Chilonzor, Yunusobod, Yakkasaroy tumanlari hokimlarining lavozimiga loyiqligini hal qilish topshirildi.
Davaktiv agentligi yerlarni auktsionda sotish boʻyicha 4 trillion soʻmlik rejani tumanbay ishlab chiqishi va ijrosini taʼminlashi belgilandi.

Tumanning master rejasi boʻlsa, bu juda katta mablagʻ, tadbirkorlar va bandlik uchun manba boʻladi. Lekin hozirgacha bor-yoʻgʻi 17 ta kichik aholi punktining master rejasi tayyorlandi.
Iqtisodiy kompleks rahbariyatiga yil yakuniga qadar 70 ta, kelasi yili barcha tumanlarning master rejalarini ishlab chiqishga topshiriq berildi.

Mavzuga oid