Payshanba, 12-noyabr, 2026 Toshkent +1° USD 11 964,27 EUR 13 323,41 RUB 144,49

Shavkat Mirziyoyev bir nechta davlat yetakchilari bilan telefon orqali muloqot qildi

Oʻzbekiston Prezidentiga Ozarbayjon, Belarus, Qozogʻiston, Turkiya, Moʻgʻuliston hamda Vengriya davlatlari yetakchilari tabrik yoʻlladi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga tugʻilgan kuni munosabati bilan…

Shavkat Mirziyoyev bir nechta davlat yetakchilari bilan telefon orqali muloqot qildi

Oʻzbekiston Prezidentiga Ozarbayjon, Belarus, Qozogʻiston, Turkiya, Moʻgʻuliston hamda Vengriya davlatlari yetakchilari tabrik yoʻlladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga tugʻilgan kuni munosabati bilan tabriklar kelmoqda.  

Jumladan, Prezident Shavkat Mirziyoyev 24 iyul kuni Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev bilan telefon orqali muloqot qildi.

Ozarbayjon yetakchisi davlatimiz rahbarini tavallud kuni bilan samimiy qutlab, mustahkam sogʻlik va masʼuliyatli davlatchilik faoliyatida yangi muvaffaqiyatlar tiladi.

Oʻzbekiston-Ozarbayjon doʻstlik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalari koʻrib chiqildi. Ikkinchi Hududlar forumi, Hukumatlararo komissiya yigʻilishi va qator qoʻshma madaniy tadbirlarning samarali yakunlari mamnuniyat bilan qayd etildi.

Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko bilan boʻlib oʻtgan telefon muloqotida Belarus rahbari Oʻzbekiston yetakchisini tavallud kuni bilan samimiy tabriklab, mustahkam sogʻlik, farovonlik va katta muvaffaqiyatlar, koʻp millatli Oʻzbekiston xalqiga esa tinchlik-osoyishtalik va ravnaq tiladi.

Joriy yil 7-9 fevral kunlari Belarus Respublikasi Prezidentining Oʻzbekiston Respublikasiga tashrifi yakunlari boʻyicha erishilgan kelishuvlarni qabul qilingan “yoʻl xaritasi” asosida amalga oshirish masalalari koʻrib chiqildi.

Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev 24 iyul kuni Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev bilan telefon orqali muloqot qildi.

Qozogʻiston Prezidenti davlatimiz rahbarini tavallud kuni bilan samimiy qutlab, qardosh mamlakatlarimiz oʻrtasidagi munosabatlar bugungi strategik sheriklik va ittifoqchilik darajasiga koʻtarilishida Oʻzbekiston yetakchisining ulkan shaxsiy hissasi borligini taʼkidladi.

Amaliy hamkorlik jadal rivojlanib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Boʻlajak oliy darajadagi ikki tomonlama tadbirlarga tayyorgarlik koʻrish muhimligi taʼkidlandi.

Shuningdek, joriy yil avgust oyida Ostona shahrida oʻtkazilishi rejalashtirilgan mintaqa davlatlari rahbarlarining navbatdagi Maslahat uchrashuvi va “Markaziy Osiyo + Yaponiya” sammitini oʻtkazish masalalari koʻrib chiqildi.

“Tavallud kuningiz bilan chin qalbimdan muborakbod etib, Siz Janobi Oliylariga yaqinlaringiz bilan birgalikda sihat-salomatlik va osoyishtalikka toʻla uzoq umr tilayman.

Mushtarak tariximiz va chuqur ildiz otgan rishtalarimizdan kuch oluvchi munosabatlarimiz Siz Janobi Oliylarining ulkan hissasi tufayli ikki va koʻp tomonlama shakllarda, jumladan, Turkiy davlatlar tashkiloti doirasida ham jadal rivojlanayotgani bizga cheksiz quvonch bagʻishlaydi.

Oʻtgan oy Siz bilan birgalikda oʻtkazgan Turkiya-Oʻzbekiston Oliy darajadagi strategik hamkorlik kengashining III yigʻilishi asnosida yurtimizga amalga oshirgan tashrifingizdan bagʻoyat mamnun boʻldim. Doʻstlik va birodarlikka tayangan yaqin munosabatlarimiz kelgusida ham barqaror ravishda mustahkamlanishda davom etishiga boʻlgan ishonchimni yana bir bora taʼkidlashni istardim.

Fursatdan foydalanib, Siz Janobi Oliylariga sihat-salomatlik, baxt-saodat, doʻst va birodar oʻzbek xalqiga farovonlik va omonlik tilayman”–deyiladi Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻanning tabrigida.

“Sizning uzoqni koʻzlagan va dono rahbarligingiz tufayli Oʻzbekiston Respublikasi taraqqiy etayotgani, mamlakatingizning mintaqadagi va xalqaro maydondagi obroʻ-eʼtibori tobora yuksalib borayotganini mamnuniyat bilan taʼkidlamoqchiman.

Men rafiqam bilan birga Sizning goʻzal mamlakatingizga – ulugʻvor togʻlar va zilol suvli daryolar yurtiga davlat tashrifini amalga oshirganimdan, Siz Prezident Janobi Oliylari va Ziroatxon Mirziyoyeva Janobi Oliyalari bilan samimiy muloqotdan gʻoyat mamnunman, bu ikki mamlakat oʻrtasidagi tarixiy, anʼanaviy va doʻstona munosabatlarni yanada mustahkamlashga xizmat qildi.

Muhtaram Prezident janoblari, Siz va rafiqangizni boy tariximiz, betakror madaniyatimiz va koʻchmanchi xalqimiz beshigi boʻlgan goʻzal yurtimizga oʻzingizga qulay vaqtda davlat tashrifi bilan kelishga yana bir bor taklif etishdan gʻoyat mamnunman.

Xalqlarimiz oʻrtasidagi koʻp asrlik doʻstlik mustahkamlanib, Moʻgʻuliston va Oʻzbekiston oʻrtasidagi oʻzaro manfaatli hamkorlik doimo rivojlanib borsin.

Sizga va baxtiyor oilangizga mustahkam sogʻlik, baxt-saodat va farovonlik, Oʻzbekiston xalqiga esa ravnaq tilayman”, deya Moʻgʻuliston Prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux tabriq yoʻlladi.

“Shushadagi soʻnggi uchrashuvimizni iliqlik bilan eslayman, uning yakunlarini sarhisob qilar ekanman, Oʻzbekiston nafaqat ishonchli hamkor, balki mamlakatimizning samimiy doʻsti ekanini qatʼiy taʼkidlayman. Siz bilan ochiq hamkorlik tufayli keyingi yillarda Vengriya-Oʻzbekiston munosabatlari yanada kengayib, misli koʻrilmagan darajaga koʻtarilgani meni quvontiradi.

Janob Prezident, munosabatlarimizni mustahkamlashga sodiqligingiz uchun gʻoyat minnatdorman. Sizni ishontirib aytamanki, kelgusida ham Siz bilan hamkorlikda ikki tomonlama munosabatlarda yangi-yangi yutuqlarga erishish uchun barcha zarur choralarni koʻrishda davom etaman.

Sizga mustahkam sogʻliq va faoliyatingizda katta muvaffaqiyatlar tilayman”,– deyiladi Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban yoʻllagan tabrikda.

Mavzuga oid