Payshanba, 12-noyabr, 2026 Toshkent +1° USD 11 964,27 EUR 13 323,41 RUB 144,49

Shavkat Mirziyoyev Ipak yoʻli fondi raisi bilan uchrashdi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Shenchjen shahridagi tadbirlar doirasida Ipak yoʻli fondi raisi Chju Tszyun bilan uchrashuv oʻtkazdi. Fond 2014 yilda Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Tszinpin tashabbusi bilan…

Shavkat Mirziyoyev Ipak yoʻli fondi raisi bilan uchrashdi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Shenchjen shahridagi tadbirlar doirasida Ipak yoʻli fondi raisi Chju Tszyun bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Fond 2014 yilda Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Tszinpin tashabbusi bilan “Bir makon, bir yoʻl” loyihasi doirasidagi savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan.

Uchrashuvda sanoat kooperatsiyasi va infratuzilmani rivojlantirishni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash uchun fond bilan birgalikda yaratilgan investitsiya platformasi imkoniyatlarini faol ishga solish orqali istiqbolli loyihalarni amalga oshirish borasidagi rejalar koʻrib chiqildi.

Mavzuga oid