Shavkat Mirziyoyev Misr Arab Respublikasi Prezidenti Abdulfattoh as-Sisining taklifiga binoan rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatga joʻnab ketdi.
Tashrif dasturiga muvofiq, Qohiradagi «Al-Ittihodiya» saroyida oliy darajadagi muzokaralar boʻlib oʻtadi. Tomonlar ustuvor sohalardagi koʻp qirrali hamkorlikni yanada kengaytirishning dolzarb masalalarini muhokama qiladilar.…
Tashrif dasturiga muvofiq, Qohiradagi «Al-Ittihodiya» saroyida oliy darajadagi muzokaralarboʻlib oʻtadi.
Tomonlar ustuvor sohalardagi koʻp qirrali hamkorlikni yanada kengaytirishning dolzarb masalalarini muhokama qiladilar. Yakunda qator ikki tomonlama hujjatlar imzolanishi koʻzda tutilgan.
Davlatimiz rahbari Misrning yetakchi kompaniyalari vakillari bilan uchrashuv oʻtkazadi.
Mamlakatning eng qadimgi oʻtmishdan bugungi kungacha boʻlgan davr tarixiga oid yodgorlik va buyumlarning boy toʻplamiga ega Misr tsivilizatsiyasi milliy muzeyi bilan tanishish koʻzda tutilgan.