Shavkat Mirziyoyev Putinni saylovdagi gʻalabasi bilan tabrikladi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinni boʻlib oʻtgan Prezident saylovida qozongan ishonchli gʻalabasi bilan tabrikladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar…
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinni boʻlib oʻtgan Prezident saylovida qozongan ishonchli gʻalabasi bilan tabrikladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar qildi.
Maʼlum qilinishicha, davlat rahbari maktubida saylovchilarning yuqori faolligi va ovoz berish natijalari aholi Vladimir Putinning siyosati va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar dasturiga ishonch bildirayotgani va ularni qatʼiy qoʻllab-quvvatlayotganining navbatdagi yorqin namoyishi boʻlgani taʼkidlanadi.
Mamlakatimiz yetakchisi Rossiya Prezidentiga mustahkam sogʻlik, baxt-saodat va davlatchilik faoliyatida katta muvaffaqiyatlar, Rossiya xalqiga esa tinchlik va ravnaq tiladi.
Eslatib oʻtamiz, Markaziy saylov komissiyasi bayonnomalarning 99,01 foizini koʻrib chiqqandan soʻng Rossiya prezidenti saylovida amaldagi prezident Vladimir Putin rekord darajada — 87,33 foiz ovoz toʻpladi.