Shavkat Mirziyoyev Surxondaryoga joʻnab ketdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev hududlar iqtisodiyoti, muhim ijtimoiy dasturlar ijrosi bilan tanishish maqsadida Surxondaryo viloyatiga joʻnab ketdi. Tashrif dasturi keng koʻlamli. Iqtisodiy yoʻnalishda gazni qayta…
Prezident Shavkat Mirziyoyev hududlar iqtisodiyoti, muhim ijtimoiy dasturlar ijrosi bilan tanishish maqsadida Surxondaryo viloyatiga joʻnab ketdi.
Tashrif dasturi keng koʻlamli. Iqtisodiy yoʻnalishda gazni qayta ishlash, gidroenergetika, charm sanoati, qishloq xoʻjaligi, tadbirkorlik loyihalari koʻzdan kechiriladi. Ijtimoiy sohalarda ichimlik suvi taʼminoti, mahalla tizimi, sogʻliqni saqlash, yoshlar masalalariga eʼtibor qaratiladi.