Shaxmat Olimpiadasida Oʻzbekistondan kimlar qatnashishi maʼlum boʻldi
Oʻzbekistonlik shaxmatchilar Nodirbek Abdusattorov, Javohir Sindorov, Nodirbek Yoqubboyev, Shamsiddin Vohidov va Jahongir Vohidov Xalqaro shaxmat Olimpiadasi bahslarida Oʻzbekiston sharafini himoya qiladi. Bu haqda “Chess.com”…
Oʻzbekistonlik shaxmatchilar Nodirbek Abdusattorov, Javohir Sindorov, Nodirbek Yoqubboyev, Shamsiddin Vohidov va Jahongir Vohidov Xalqaro shaxmat Olimpiadasi bahslarida Oʻzbekiston sharafini himoya qiladi. Bu haqda “Chess.com” xabar berdi.
Nufuzli musobaqada 3500 nafarga yaqin shaxmatchi gʻoliblik uchun kurashadi. Oʻzbekiston jamoasi turnirda amaldagi chempion sifatida ishtirok etadi.
Qayd etish joiz, ikki yil avval Hindistonning Chennay shahrida oʻtkazilgan Olimpiadada ham aynan mana shu tarkib bahslarda qatnashgandi.
Maʼlumot uchun, shaxmat Olimpiadasi tarixda 45-marotaba tashkil etilmoqda. Bu yilgi bahslarga Vengriya poytaxti Budapesht shahri mezbonlik qiladi. Oʻyinlar 10-23 sentyabr kunlari boʻlib oʻtadi.