Shomurodov operatsiya qilindi Italiyaning “Kalyari” klubi Eldor Shomurodovning operatsiyasi boʻyicha rasmyi bayonot berdi. “Bugun futbolchimiz Eldor Shomurodovning oyogʻida jarrohlik amaliyoti oʻtkazildi. Muolaja…
Shomurodov operatsiya qilindi Italiyaning “Kalyari” klubi Eldor Shomurodovning operatsiyasi boʻyicha rasmyi bayonot berdi. “Bugun futbolchimiz Eldor Shomurodovning oyogʻida jarrohlik amaliyoti oʻtkazildi. Muolaja Rimdagi Villa Stuard…
Shomurodov operatsiya qilindi
Italiyaning “Kalyari” klubi Eldor Shomurodovning operatsiyasi boʻyicha rasmyi bayonot berdi. “Bugun futbolchimiz Eldor Shomurodovning oyogʻida jarrohlik amaliyoti oʻtkazildi.
Muolaja Rimdagi Villa Stuard gospitalida professor Attilio Stanuchchi tomonidan va klubning tibbiy boʻlimi boshligʻi Marko Skorku ishtirokida amalga oshirildi. Operatsiya muvaffaqiyatli oʻtdi” – deyiladi klubning rasmiy bayonotida.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq muvaffaqiyatli operatsiya qilingan hamyurtimiz Eldor Shomurodov “Instagram” orqali muxlislarga murojaat qilgandi.