Payshanba, 12-noyabr, 2026 Toshkent +2° USD 11 974,02 EUR 13 432,46 RUB 144,58

Sirdaryoda egizak chaqaloqlarini 1 xonali uyga sotmoqchi boʻlgan ota-ona ushlandi

Sirdaryoda moddiy jihatdan qiynalgani uchun farzandlarini sotayotgan ota-ona ushlandi. Maʼlum qilinishicha, erkak va ayol oʻzaro tanishib Guliston shahrida sharʼiy nikoh asosida yashab kelgan. Soʻngra ular egizak farzandli boʻlgan.…

Sirdaryoda egizak chaqaloqlarini 1 xonali uyga sotmoqchi boʻlgan ota-ona ushlandi

Sirdaryoda moddiy jihatdan qiynalgani uchun farzandlarini sotayotgan ota-ona ushlandi.

Maʼlum qilinishicha, erkak va ayol oʻzaro tanishib Guliston shahrida sharʼiy nikoh asosida yashab kelgan. Soʻngra ular egizak farzandli boʻlgan. Ushbu fuqarolar jinoiy til biriktirib, egizak farzandlarini uyga ayirboshlamoqchi boʻlgan. Tezkor tadbir davomida ular uy hujjatlarini olayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olingan.

Holat yuzasidan sud ishi JIB Guliston shahar sudida koʻrib chiqildi. Bu haqda “Bu kun” dasturi xabar qildi.

“Qiynalib, boqolmaganim evaziga sotishga majbur boʻldim”,– deydi chaqaloqlarning otasi.

Sud majlisi davomida erkakning qonuniy oilasidan 4 nafar farzandi borligi maʼlum boʻlgan.

Sud hukmiga koʻra, ular JKning 135-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan aybli deb topilgan. Ayolga nisbatan qaramogʻida voyaga yetmagan farzandlari borligi inobatga olinib, JKning 57-moddasini qoʻllagan holda 3 yil, erkakka nisbatan 6 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Mavzuga oid