Sobiq vazir Aziz Voitov qamoqda ekani rasman tasdiqlandi Sobiq vazir Aziz Voitov qamoqda ekani rasman tasdiqlandi. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi Aziz Abidov xabar qildi. Xabarga koʻra, jinoyat…
Sobiq vazir Aziz Voitov qamoqda ekani rasman tasdiqlandi Sobiq vazir Aziz Voitov qamoqda ekani rasman tasdiqlandi. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi Aziz Abidov xabar qildi. Xabarga koʻra, jinoyat ishlari boʻyicha Yashnobod…
Sobiq vazir Aziz Voitov qamoqda ekani rasman tasdiqlandi
Sobiq vazir Aziz Voitov qamoqda ekani rasman tasdiqlandi. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi Aziz Abidov xabar qildi.
Xabarga koʻra, jinoyat ishlari boʻyicha Yashnobod tuman sudida Bosh prokuror oʻrinbosarining Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) 3-qismi “a” bandi va 205-moddasi (hokimiyat yoki mansab vakolatini suiisteʼmol qilish) 2-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda gumon qilinuvchi va Jinoyat-protsessual kodeksining 221-moddasi (ushlab turish asoslari) tartibida ushlangan A. V. (erkak, 1980 yilda Toshkent shahrida tugʻilgan, Qishloq xoʻjaligi vaziri lavozimida ishlagan) ga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllash toʻgʻrisidagi iltimosnomasi taqdim etilgan hujjatlar bilan koʻrib chiqilgan.
Jinoyat ishlari boʻyicha Yashnobod tuman sudining 2023 yil 14 dekabrdagi ajrimi bilan Bosh prokuror oʻrinbosarining iltimosnomasi qanoatlantirilib, gumon qilinuvchi Aziz Voitovga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilib, qamoqqa olinishi va tergov hibsxonasiga joylashtirilishi belgilandi, deyiladi xabarda.