Sogʻliqqa qarshi jinoyatlar tahlili
Mamlakatimizda oʻtgan yillar davomida sud-huquq sohasida koʻplab islohotlar amalga oshirildi. Inson huquqlarini himoyalashning samarali mexanizmlari shakllantirildi. Bunday keng koʻlamli chora-tadbirlar samarasi inson, uning…
Mamlakatimizda oʻtgan yillar davomida sud-huquq sohasida koʻplab islohotlar amalga oshirildi. Inson huquqlarini himoyalashning samarali mexanizmlari shakllantirildi. Bunday keng koʻlamli chora-tadbirlar samarasi inson, uning hayoti, erkinligi, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari eng oliy qadriyat ekani bugun jamiyatimiz har bir aʼzosining haq-huquqlari, qonuniy manfaatlari taʼminlanayotganida oʻz ifodasini topmoqda.
Sudlar oʻz faoliyatini tanqidiy tahlil, qatʼiy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik asosida amalga oshirib kelmoqdalar. Zero, bu gʻoyalar har sud xodimi faoliyatining kundalik qoidasi boʻlib qolishi zarurdir. Huqubuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish sudlar oldiga kechiktirib boʻlmas vazifalarni qoʻymoqda. Jinoyat ishlari boʻyicha Boysun tuman sudi tomonidan 2019 yil davomida Oʻzbekiston Respublikasi JKning 104-moddasi qasddan badanga ogʻir shikast yetkazish, 105-moddasi qasddan badanga oʻrtacha ogʻir shikast yetkazish, 109-moddasi qasddan badanga yengil shikast yetkazish, 110-moddasi qiynash bilan bogʻliq koʻrilgan jinoyat ishlari tuman IIB dan olingan statistik maʼlumotlar asosida sud amaliyoti umumlashtirilib, tahlil qilindi.
2019 yil davomida Oʻzbekiston Respublikasi JKning 104-moddasi boʻyicha 2 nafar shaxsga nisbatan 2 ta jinoyat ishi koʻrib tamomlangan, shundan 2 nafar shaxsga nisbatan 2 ta jinoyat ishi boʻyicha hukm chiqarilgan. Shu jumladan, 1 ta shaxsga nisbatan 1 ta ish boʻyicha jarima, 1 ta shaxsga nisbatan 1 ta ish boʻyicha ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan.
2019 yil davomida Oʻzbekiston Respublikasi JKning 105-moddasi boʻyicha 3 nafar shaxsga nisbatan 3 ta jinoyat ishi koʻrib tamomlangan, shundan 3 nafar shaxsga nisbatan 3 ta jinoyat ishi boʻyicha hukm chiqarilgan. Shu jumladan, 2 ta shaxsga nisbatan 2 ta ish boʻyicha axloq tuzatish ishlari, 1 ta shaxsga nisbatan 1 ta ish boʻyicha ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan.
2019 yil davomida Oʻzbekiston Respublikasi JKning 109-moddasi boʻyicha 6 nafar shaxsga nisbatan 5 ta jinoyat ishi koʻrib tamomlangan, shundan 3 nafar shaxsga nisbatan 3 ta jinoyat ishi boʻyicha hukm chiqarilgan, 3 nafar shaxsga nisbatan 2 ta jinoyat ishi boʻyicha harakatdan tugatilgan. Shu jumladan, 3 ta shaxsga nisbatan 3 ta ish boʻyicha axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlangan.
2019 yil davomida Oʻzbekiston Respublikasi JKning 110-moddasi boʻyicha 6 nafar shaxsga nisbatan 2 ta jinoyat ishi koʻrib tamomlangan, shundan 5 nafar shaxsga nisbatan 1 ta jinoyat ishi boʻyicha hukm chiqarilgan. Shu jumladan, 1 ta shaxsga nisbatan 1 ta ish boʻyicha axloq tuzatish ishlari, 3 nafar shaxsga nisbatan ozodlikni cheklash, 1 nafar shaxsga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan. 1 ta shaxsga nisbatan 1 ta ish boʻyicha tibbiy yoʻsindagi majburlov chorasi qoʻllanilgan.
Bundan tashqari, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish yuzasidan oʻsgan jinoyatchilik yuzasidan tumandagi “Oʻrta Machay”, “Hunarmandlar”, “Chor-chinor”, “Sangchil”, “Yuqori Machay”, “Koʻl-qamish”, “Toʻda” hamda Qiziriq tumanidagi “Polvontosh” mahalla fuqarolar yigʻiniga har bir jinoyatchilik yuzasidan taqdimnomalar kiritildi.
Xulosa oʻrnida shuni aytish mumkinki, huqubuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan ishlar nafaqat fuqarolarimizning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini, balki ularning qonunga nisbatan hurmat hissini ham oshirmoqda.