Payshanba, 12-noyabr, 2026 Toshkent +1° USD 11 964,27 EUR 13 323,41 RUB 144,49

Sogʻlom odamda qon bosimi koʻtarilishiga nima sabab boʻladi – shifokor javobi

Mutaxassis aytishiga koʻra, sogʻlom odamda qon bosimi koʻtarilishiga notoʻgʻri ovqatlanish sabab boʻlishi mumkin. Shifokor kardiolog Olga Frolova sogʻlom odamlarda qon bosimi koʻtarilishining ehtimoliy sabablari haqida…

Sogʻlom odamda qon bosimi koʻtarilishiga nima sabab boʻladi – shifokor javobi

Mutaxassis aytishiga koʻra, sogʻlom odamda qon bosimi koʻtarilishiga notoʻgʻri ovqatlanish sabab boʻlishi mumkin.
Shifokor kardiolog Olga Frolova sogʻlom odamlarda qon bosimi koʻtarilishining ehtimoliy sabablari haqida aytib berdi.
Frolovaning aytishicha, gipertoniya (yurak-qon tomir tizimi, bosh miya, jigar va boshqa kasalliklarga sabab boʻluvchi jiddiy patologik holat) ga chalinmaslik uchun toʻgʻri ovqatlanish qoidalariga rioya qilish zarur.
Mutaxassis tavsiyasiga koʻra, tuz, shakar va hayvon yogʻlari isteʼmolni qamaytirish lozim. Bundan tashqari, tamaki chekish va spirtli ichimliklardan voz kechgan maʼqul.
“Qon bosimini muntazam oʻlchab borish erta yoshda ikkilamchi gipertoniyaga chalinmaslikni oldini oladi. Agar erta yoshda qon bosimi 140 ga 90 dan baland boʻlsa, albatta shifokorga murojaat qilish lozim”, deydi shifokor.
Shifokorning aytishicha, gipertenziya (arteriyalarning muntazam yuqori bosimda boʻlishi) holatida odamlar koʻproq tana qizishi va ogʻriqlar bilan shikoyat qiladi. Bundan tashqari, yuz qizarishi holatlari ham uchraydi.

Mavzuga oid