Payshanba, 12-noyabr, 2026 Toshkent +2° USD 11 974,02 EUR 13 432,46 RUB 144,58

Soliq organlari tomonidan nazorat tadbirlari oʻtkazilmoqda

Soliq organlari tomonidan yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish maqsadida, umumiy ovqatlanish sohasida onlayn – NKTdan foydalanish hamda tadbirkorlik subʼektlari tomonidan ayrim tovarlarni majburiy raqamli markirovkalash…

Soliq organlari tomonidan nazorat tadbirlari oʻtkazilmoqda

Soliq organlari tomonidan yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish maqsadida, umumiy ovqatlanish sohasida onlayn – NKTdan foydalanish hamda tadbirkorlik subʼektlari tomonidan ayrim tovarlarni majburiy raqamli markirovkalash qoidalariga rioya qilinishi boʻyicha sayyor soliq tekshiruvlari oʻtkazilmoqda.

Xususan Surxondaryo viloyati soliq xizmati xodimlari tomonidan joriy yilning oktyabr oyida oʻtkazilgan 65 ta nazorat tadbirlari davomida qator huquqbuzarlik holatlari aniqlanib, huquqbuzarlarga nisbatan jami 801,3 mln soʻm miqdorida moliyaviy jarimalar qoʻllanilgan.

Umumiy ovqatlanish sohasida :

33 ta holatda xaridorga onlayn-NKTdan 3 mln 609 ming soʻmga chek berilmaganligi hamda 14,2 mln soʻm naqd pullar onlayn-NKTga kirim qilinmaganligi;

14 ta holatda 14 nafar norasmiy ishchilar faoliyat yuritayotganligi;

5 ta holatda markirovka qoidalariga zid tarzda 153 ming soʻmlik alkogol va tamaki mahsulotlari savdoga qoʻyilganligi;

1 ta holatda boshqa shaxslarga tegishli onlayn-NKTdan foydalanilganligi aniqlangan.

Shuningdek alkogol, tamaki hamda dori vositalari va tibbiy buyumlar savdosi bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlik subʼektlarida oʻtkazilgan nazorat tadbirlarida jami 32 ta holatda onlayn-NKTdan 972 ming soʻmga chek berilmaganligi hamda 6,9 mln soʻm naqd pullar onlayn-NKTga kirim qilinmaganligi aniqlangan.

Mavzuga oid