Payshanba, 12-noyabr, 2026 Toshkent +2° USD 11 974,02 EUR 13 432,46 RUB 144,58

Soʻnggi 11 oyda 5,5 mingta kiberjinoyat sodir etilgan

Oʻtgan 11 oyda 5,5 mingta kiberjinoyat sodir etilgan boʻlsa, shundan 70 foizi bank kartalari bilan bogʻliq firibgarlik va oʻgʻirlik jinoyatlari hisoblanadi. Bugungi kunda mamlakatimizda 50 ga yaqin toʻlov tizimi boʻlib, ularning…

Soʻnggi 11 oyda 5,5 mingta kiberjinoyat sodir etilgan

Oʻtgan 11 oyda 5,5 mingta kiberjinoyat sodir etilgan boʻlsa, shundan 70 foizi bank kartalari bilan bogʻliq firibgarlik va oʻgʻirlik jinoyatlari hisoblanadi.

Bugungi kunda mamlakatimizda 50 ga yaqin toʻlov tizimi boʻlib, ularning hammasi ham kiberxavfsizlik talablariga javob bermasligi qayd etildi.

Noyabr oyida IT vositasida sodir etiladigan huquqbuzarliklarga qarshi kurashish boʻyicha Prezident qarori imzolandi.

Mutasaddi vazirlik va idoralarga barcha elektron toʻlov tizimlari uchun yagona kiberxavfsizlik talablarini ishlab chiqish va ijrosini qatʼiy nazorat qilish topshirildi.

Mavzuga oid