Payshanba, 12-noyabr, 2026 Toshkent +1° USD 11 964,27 EUR 13 323,41 RUB 144,49

SSV: Qishloqlardagi 800 dan ziyod oilaviy poliklinika yangi zamonaviy UTT va EKG apparatlari bilan taʼminlandi

Prezidentimiz tomonidan sogʻliqni saqlash tizimi oldiga qoʻyilgan ustuvor vazifalardan biri birlamchi tibbiy xizmatni aholiga yanada yaqinlashtirishdan iborat. Xoʻsh, ortda qolgan davr ichida bu borada qanday ishlar…

SSV: Qishloqlardagi 800 dan ziyod oilaviy poliklinika yangi zamonaviy UTT va EKG apparatlari bilan taʼminlandi

Prezidentimiz tomonidan sogʻliqni saqlash tizimi oldiga qoʻyilgan ustuvor vazifalardan biri birlamchi tibbiy xizmatni aholiga yanada yaqinlashtirishdan iborat.

Xoʻsh, ortda qolgan davr ichida bu borada qanday ishlar amalga oshirildi?
oʻtgan yildan boshlab, har bir mahallada “xonadonbay” ishlaydigan 17 400 ta tibbiy brigada tashkil etildi;
aholiga sifatli tibbiy yordamni kengaytirish maqsadida birlamchi tizimga 20 mingta oʻrta tibbiyot xodimi uchun shtatlar ajratildi;
qishloqlarda joylashgan 801 ta oilaviy poliklinika yangi zamonaviy UTT va EKG apparatlari bilan taʼminlandi;
qishloq va mahallalarda 8 turdagi yangi tibbiy xizmatlar yoʻlga qoʻyildi.
Shu bilan birga, oʻtgan davrda sifatli tibbiy xizmatlarni “mahallagacha tushirish” boʻyicha muhim qadamlar qoʻyildi. Jumladan, 2023-yil 1-oktyabr holatiga koʻra joylarda:
1234 ta oilaviy shifokor punkti;
1074 ta oilaviy poliklinika;
1957 ta mahalla tibbiyot punkti;
209 ta koʻp tarmoqli markaziy poliklinika faoliyat yuritmoqda.
Yil yakuniga qadar yana hududlarda:
17 ta oilaviy shifokor punkti,
8 ta oilaviy poliklinika,
76 ta mahalla tibbiyot punkti ochilishi rejalashtirilgan.
Buning natijasida qoʻshimcha 2 mln. 152 ming nafar aholiga birlamchi tibbiy xizmat yaqinlashtiriladi.

Mavzuga oid