Payshanba, 12-noyabr, 2026 Toshkent +1° USD 11 964,27 EUR 13 323,41 RUB 144,49

Sud amaliyotida sudlovga tegishlilik qoidalari boʻyicha yuzaga kelayotgan muammolarni oldini olish

Fuqarolik, jinoyat, iqtisodiy va maʼmuriy sud ishlarini yuritish haqidagi protsessual qonunchilikda sudlovga taalluqlilik va sudlovga tegishlilik qoidalari alohida bob sifatida kiritilgan boʻlib, sudlovga taalluqlilik va…

Sud amaliyotida sudlovga tegishlilik qoidalari boʻyicha yuzaga kelayotgan muammolarni oldini olish

Fuqarolik, jinoyat, iqtisodiy va maʼmuriy sud ishlarini yuritish haqidagi protsessual qonunchilikda sudlovga taalluqlilik va sudlovga tegishlilik qoidalari alohida bob sifatida kiritilgan boʻlib, sudlovga taalluqlilik va sudlovga tegishlilik qoidalaridan sud amaliyotida toʻgʻri foydalanish jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini sudda oʻz vaqtida koʻrilishini va ularning ortiqcha sansalorligini oldini oladi.
Shu maqsadda Surxondaryo viloyat sudida viloyat sudi , viloyat maʼmuriy sudi raislari va sudyalari hamkorligida fuqarolik ishlar boʻyicha sudlar va maʼmuriy sudlar oʻrtasida sudlovga tegishlilik masalasida yuzaga kelayotgan muammolarni tezkorlik bilan birgalikda oʻrganib, hal qilish yuzasidan seminar tashkil etildi.


Seminarda sud amaliyotidan kelib chiqib, fuqarolik ishlari boʻyicha sudlar va maʼmuriy sudlarda koʻriladiga ishlarning aniq roʻyxatini tuzish va har bir sudyaga yetkazish, taalluqli boʻlmaganligi uchun qabul qilish rad qilinayotgan daʼvo ariza (ariza) larni, sudga murojaat qilgan shaxslarni sarson qilmaslik maqsadida, ushbu daʼvo arizasi (ariza) koʻrib chiqish uchun taalluqli boʻlgan sudga toʻgʻridan-toʻgʻri yuborish chorasini koʻrish, ishlarning taalluqliligi masalalarida yuzaga kelayotgan holatlarni viloyat miqyosida muhokama qilib, hal etilishini taʼminlash, hududlarda asossiz ravishda ishlarni bir suddan ikkinchi sudga yuborish holatlariga butunlay barham berish, sudga taalluqlilik xususida masala yuzaga kelganda ish hujjatlari uni taqdim etgan shaxsga qaytarilmasdan, ish hujjatlari tegishli boʻlgan sudga yuborish masalalari haqida kelishib olindi.
Seminardan koʻzlangan maqsad, kelgusida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan sudga taalluqlilik va sudlovga tegishlilik masalalari yuzasidan kelib chiqishi mumkin boʻlgan muammolarni oldini olish, sud amaliyotida mazkur qoidalarni bir xilda qoʻllash amaliyotini yoʻlga qoʻyish, jamiyatda odil sudlovni chin maʼnoda taʼminlash hamda fuqarolar va yuridik shaxslarning sudga boʻlgan ishonchini oshirishdan iboratdir.

Surxondaryo viloyat sudi raisining oʻrinbosari, fuqarolik ishlari boʻyicha sudlov hayʼati raisi Bahodir Djumayev

Mavzuga oid