Payshanba, 12-noyabr, 2026 Toshkent +2° USD 11 974,02 EUR 13 432,46 RUB 144,58

Sud hujjatlarining matnini tayyorlashda til toʻgʻrisidagi qoidalarga rioya etish muhim

Surxondaryo viloyat sudida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi “Yoʻl xaritasi”ning 121-bandi va Surxondaryo viloyat sudi “Yoʻl xaritasi”ning 69-bandlari ijrosini taʼminlash maqsadida sud hujjatlari matnini tayyorlashda til…

Sud hujjatlarining matnini tayyorlashda til toʻgʻrisidagi qoidalarga rioya etish muhim

Surxondaryo viloyat sudida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi “Yoʻl xaritasi”ning 121-bandi va Surxondaryo viloyat sudi “Yoʻl xaritasi”ning 69-bandlari ijrosini taʼminlash maqsadida sud hujjatlari matnini tayyorlashda til toʻgʻrisidagi qoidalarga qatʼiy rioya etilishini taʼminlash yuzasidan viloyat sudi sudyalari va sud apparati xodimlari ishtirokida amaliy mashgʻulot tashkil etildi.

Amaliy mashgʻulotda Termiz Davlat Universitetining Oʻzbek filologiyasi fakulteti oʻqituvchisi S.Turdimurodov ishtirok etdi. Amaliy mashgʻulot davomida Termiz Davlat Universitetining oʻqituvchisi S.Turdimurodov ijtimoiy hayotning barcha sohalarida tilning mavqei muhim ahamiyatga ega boʻlganligi kabi, sud-huquq sohasida ham uning ahamiyati nihoyatda muhim ekanligini alohida taʼkidlab, sud qarorlari barcha yuridik va jismoniy shaxslar uchun ijro etilishi majburiy ekanligini, bu esa oʻz oʻrnida sud qarorlarining sifatli va toʻgʻri yozilishiga eʼtibor berish zarurligini va sudyalar tomonidan oddiy bir grammatik yoki imlo xatoga yoʻl qoʻyish bilan inson taqdiri salbiy tomonga oʻzgarib ketishi mumkinligi haqida toʻxtalib oʻtdi. Shuningdek sudyalar sud hujjatlarining matnini tayyorlashda koʻproq eʼtibor berishi va rioya etishi zarur boʻlgan til toʻgʻrisidagi qoidalar va ularga qatʼiy rioya etish va bu borada amaliyotda kelib chiqishi mumkin boʻlgan muammolarni oldini olish yuzasidan sudya va sud apparati xodimlariga amaliy misollar bilan tushuntirish berildi. Amaliy mashgʻulot qiziqarli suhbat tarzida oʻtib, ishtirokchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga yetarlicha javoblar olishdi.

Viloyat sudi jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boʻlimi

Mavzuga oid