Sud –huquq sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar
Sud –huquq sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar natijasi sifatida yangi taxrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Sudlar toʻgʻrisidagi qonuni qabul qilinishi bilan sud hokimiyati mustaqilligini, sudlar faoliyatining ochiqligi va…
Sud –huquq sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar natijasi sifatida yangi taxrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Sudlar toʻgʻrisidagi qonuni qabul qilinishi bilan sud hokimiyati mustaqilligini, sudlar faoliyatining ochiqligi va shaffofligini taʼminlashda, fuqarolarning sudlar faoliyatiga ishonchini mustahkamlashda muhim qadam boʻldi.
Sud ishlari yuritiladigan tilga nisbatan ham talab belgilanib, Oʻzbekiston Respublikasida sud ishlarini yuritish oʻzbek tilida, qoraqalpoq tilida yoki muayyan joydagi koʻpchilik aholi soʻzlashadigan tilda olib borilishi belgilandi.
Shuningdek, odil sudlovni amalga oshirishda har bir kishiga malakali yuridik yordam olish huquqi kafolatlanishi, hech kim sud qaroriga asoslanmagan holda qamoqqa olinishi mumkin emasligi qatʼiy koʻrsatildi.
Sudlar faoliyatini nazorat qilib borish tartibi belgilanib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sud quyi sudlarning sudlov faoliyati ustidan nazorat olib borish huquqiga ega ekanligi koʻrsatildi.
Mazkurqonunbilan sud tizimtasdiqlanib, OʻzbekistonRespublikasida:
OʻzbekistonRespublikasiKonstitutsiyaviy sudi;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi;
harbiy sudlar;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi maʼmuriy sudi, viloyatlar va Toshkent shahar maʼmuriy sudlari;
fuqarolik ishlari boʻyicha tumanlararo, tuman, shahar sudlari;
jinoyat ishlari boʻyicha tuman, shahar sudlari;
tumanlararo, tuman, shahari qtisodiy sudlari;
tumanlararo maʼmuriy sudlaridan iboratligi koʻrsatildi.
Qonunda sudyalarning ijtimoiy va moddiy himoyasiga ham alohida tartibda belgilangandi, unga koʻra, uy-joyga muhtoj boʻlgan sudya mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan Vazirlar Mahkamasi belgilagan tartibda sud joylashgan yerda xizmat turar joyi bilan taʼminlanishi, sudya unga doimiy yashash uchun belgilangan tartibda turar joy berilgunga qadar turar joy arendasi, ijarasi (ikkilamchi ijarasi) bilan bogʻliq xarajatlari kompensatsiya qilinishi huquqiga egaligi koʻrsatildi.
Oʻz navbatida vakolat muddati tugagan sudyalarning ijtimoiy himoyalash tartibi ham belgilangan boʻlib, vakolatlari muddati tugagan sudyalarning oʻrtacha oylik ish haqi ularni yangi vakolatlar muddatiga qayta saylash yoki qayta tayinlash toʻgʻrisidagi masala hal qilinayotgan davrda yoxud boshqa ish berilgunga qadar, lekin koʻpi bilan uch oygacha saqlab qolinishi belgilandi.
Sudyalik lavozimiga tayinlanganda yoki saylanganda ushbu lavozimda boʻlish muddati koʻrsatilgan boʻlib, qonun talabiga koʻra sudya birinchi marta 5 yillik muddatga, navbatdagi 10 yillik muddatga va lavozimda boʻlishning muddatsiz davriga belgilangan tartibda saylanadi yoki tayinlanishi koʻrsatildi. Shuningdek, Oliy sud sudyasi lavozimida boʻlishning eng yuqori yoshi 70 yoshni, boshqa sudlar sudyalari uchun – 65 yoshni tashkil etishi belgilandi.
Xalq maslahatchisining saylanishi tartibi va muddati, ularning yoshiga nisbatan ham talab quyilgan boʻlib 35 yoshdan kichik boʻlmagan, fuqarolarning yashash yoki ish joyidagi yigʻilishida ochiq ovoz berish yoʻli bilan ikki yarim yil muddatga saylangan Oʻzbekiston fuqarosi xalq maslahatchisi boʻlishi mumkinligi belgilandi.
Sud majlisini fotosuratga olishi, video va audio yozuvni amalga oshirish tartibi belgilangan boʻlib, zalida hozir boʻlgan shaxslar, ommaviy axborot vositalari vakillari sud majlisi zalida fotosuratga olishi, video va audio yozuvini qonunda belgilangan tartibda amalga oshirishi mumkinligi koʻrsatildi.
Jinoyat ishlari boʻyicha
Konimex tuman sudi raisi M.Rayimov