Payshanba, 12-noyabr, 2026 Toshkent +2° USD 11 974,02 EUR 13 432,46 RUB 144,58

Sud-huquq sohasidagi islohotlar natijasida Oʻzbekiston Respublikasining “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonuni yangi tahrirda qabul qilindi

Sud–huquq sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar natijasi sifatida yangi taxrirdagi Oʻzbekiston Respublikasining “Sudlar toʻgʻrisida”gi qonuni qabul qilinishi bilan sud hokimiyati mustaqilligini, sudlar faoliyatining ochiqligi…

Sud–huquq sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar natijasi sifatida yangi taxrirdagi Oʻzbekiston Respublikasining “Sudlar toʻgʻrisida”gi qonuni qabul qilinishi bilan sud hokimiyati mustaqilligini, sudlar faoliyatining  ochiqligi va shaffofligini taʼminlashda, fuqarolarning sudlar faoliyatiga ishonchini mustahkamlashda muhim qadam boʻldi.Sud ishlari yuritiladigan tilga nisbatan ham talab belgilanib, Oʻzbekiston Respublikasida sud ishlarini yuritish oʻzbek tilida, qoraqalpoq tilida yoki muayyan joydagi koʻpchilik aholi soʻzlashadigan tilda olib borilishi belgilandi.Shuningdek, odil sudlovni amalga oshirishda har bir kishiga malakali yuridik yordam olish huquqi kafolatlanishi, hech kim sud qaroriga asoslanmagan holda qamoqqa olinishi mumkin emasligi qatʼiy belgilab berildi.Shuningdek, Sudlar faoliyatini nazorat qilib borish tartibi belgilanib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sud quyi sudlarning sudlov faoliyati ustidan nazorat olib borish huquqiga ega ekanligi koʻrsatildi.Mazkur qonun bilan sud tizimi quyidagi tartibda oʻzgarishlar kiritilganligi koʻrsatilib, Oʻzbekiston Respublikasida:Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi;Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi;Harbiy sudlar;Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari;Qoraqalpogʻiston Respublikasi maʼmuriy sudi, viloyatlar va Toshkent shahar maʼmuriy sudlari;Fuqarolik ishlari boʻyicha tumanlararo, tuman, shahar sudlari;Jinoyat ishlari boʻyicha tuman, shahar sudlari;Tumanlararo, tuman, shahar iqtisodiy sudlari;Tumanlararo maʼmuriy sudlaridan iborat.Qonunda sudyalarning ijtimoiy va moddiy himoyasiga ham alohida tartibda belgilandi, unga koʻra, uy-joyga muhtoj boʻlgan sudya mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan Vazirlar Mahkamasi belgilagan tartibda sud joylashgan yerda xizmat turar joyi bilan taʼminlanishi, sudya unga doimiy yashash uchun belgilangan tartibda turar joy berilgunga qadar turar joy arendasi, ijarasi (ikkilamchi ijarasi) bilan bogʻliq xarajatlari kompensatsiya qilinishi huquqiga egaligi koʻrsatildi.Oʻz navbatida vakolat muddati tugagan sudyalarning ijtimoiy himoyalash tartibi ham belgilangan boʻlib, vakolatlari muddati tugagan sudyalarning oʻrtacha oylik ish haqi ularni yangi vakolatlar muddatiga qayta saylash yoki qayta tayinlash toʻgʻrisidagi masala hal qilinayotgan davrda yoxud boshqa ish berilgunga qadar, lekin koʻpi bilan uch oygacha saqlab qolinishi belgilandi.Sudyalik lavozimiga tayinlanganda yoki saylanganda ushbu lavozimda boʻlish muddati koʻrsatilgan boʻlib, qonun talabiga koʻra sudya birinchi marta 5 yillik muddatga, navbatdagi 10 yillik muddatga va lavozimda boʻlishning muddatsiz davriga belgilangan tartibda saylanadi yoki tayinlanishi koʻrsatildi. Shuningdek, Oliy sud sudyasi lavozimida boʻlishning eng yuqori yoshi 70 yoshni, boshqa sudlar sudyalari uchun – 65 yoshni tashkil etishi belgilandi.Qonun normasida xalq maslahatchisining saylanishi tartibi va muddati, ularning yoshiga nisbatan ham talab quyilgan boʻlib, 35 yoshdan kichik boʻlmagan, fuqarolarning yashash yoki ish joyidagi yigʻilishida ochiq ovoz berish yoʻli bilan ikki yarim yil muddatga saylangan Oʻzbekiston fuqarosi xalq maslahatchisi boʻlishi mumkinligi belgilandi.Sud majlisini fotosuratga olishi, video va audio yozuvni amalga oshirish tartibi belgilangan boʻlib, sud zalida hozir boʻlgan shaxslar, ommaviy axborot vositalari vakillari sud majlisi zalida fotosuratga olishi, video va audio yozuvini qonunda belgilangan tartibda amalga oshirishi mumkinligi koʻrsatildi.

Suyun Boʻtayev Jinoyat ishlari boʻyicha Xatirchi tuman sudi raisi 

Mavzuga oid