Payshanba, 12-noyabr, 2026 Toshkent +1° USD 11 964,27 EUR 13 323,41 RUB 144,49

Sudyalar hamjamiyatiga yangi aʼzolar qabul qilindi

Bugun boʻlib oʻtgan Sudyalar oliy kengashining ochiq tanlov shaklidagi navbatdagi yigʻilishida Kengash huzuridagi Sudyalar oliy maktabining olti nafar bitiruvchisi sudyalik lavozimiga munosib deb topildi.Sudyalar oliy kengashi…

Sudyalar hamjamiyatiga yangi aʼzolar qabul qilindi

Bugun boʻlib oʻtgan Sudyalar oliy kengashining ochiq tanlov shaklidagi navbatdagi yigʻilishida Kengash huzuridagi Sudyalar oliy maktabining olti nafar bitiruvchisi sudyalik lavozimiga munosib deb topildi.Sudyalar oliy kengashi qarori bilan:

Axmatova Malika Gʻayratovna – sudyalik lavozimida boʻlishning birinchi besh yillik muddatiga Toshkent viloyati fuqarolik ishlari boʻyicha Zangiota tumanlararo sudining sudyasi lavozimiga;Saxaddinov Bobir Salaxiddinovich – sudyalik lavozimida boʻlishning birinchi besh yillik muddatiga Toshkent viloyati fuqarolik ishlari boʻyicha Chirchiq tumanlararo sudining sudyasi lavozimiga;

Aliyev Akmal Zairovich – sudyalik lavozimida boʻlishning birinchi besh yillik muddatiga Samarqand viloyati fuqarolik ishlari boʻyicha Payariq tumanlararo sudining sudyasi lavozimiga;Koziyev Kozim Komiljonovich – sudyalik lavozimida boʻlishning birinchi besh yillik muddatiga Navoiy viloyati jinoyat ishlari boʻyicha Qiziltepa tuman sudining sudyasi lavozimiga;

Samiyev Temurmalik Abduraxmatovich – sudyalik lavozimida boʻlishning birinchi besh yillik muddatiga Qashqadaryo viloyati jinoyat ishlari boʻyicha Qamashi tuman sudining sudyasi lavozimiga;

Qodirov Sherali Abduraupovich – sudyalik lavozimida boʻlishning birinchi besh yillik muddatiga Surxondaryo viloyati jinoyat ishlari boʻyicha Shoʻrchi tuman sudining sudyasi lavozimiga tayinlandi.

Sudyalar oliy kengashimatbuot xizmati

Mavzuga oid