Payshanba, 12-noyabr, 2026 Toshkent +2° USD 11 974,02 EUR 13 432,46 RUB 144,58

Surxondaryo gʻalla topshirish rejasini birinchi boʻlib bajardi

Bu haqida viloyat hokimligi maʼlum qildi. Surxondaryolik gʻallakorlar 2024 yil hosili uchun 89,3 ming gektar maydonda mahalliy iqlimga mos, ertapishar gʻalla navlarini parvarishlab, 16 iyun holatiga don korxonalariga 210 ming…

Surxondaryo gʻalla topshirish rejasini birinchi boʻlib bajardi
Bu haqida viloyat hokimligi maʼlum qildi.

Surxondaryolik gʻallakorlar 2024 yil hosili uchun 89,3 ming gektar maydonda mahalliy iqlimga mos, ertapishar gʻalla navlarini parvarishlab, 16 iyun holatiga don korxonalariga 210 ming 246 tonna sara tovar don sotib, shartnomaviy rejani 101 foizga bajardi.

Hokimlik xabariga koʻra, gʻalla xirmoniga ayrim fermer xoʻjaliklari 100 tsentnerdan 107,2 tsentnergacha boʻlgan hosillari bilan oʻz hissalarini qoʻshishgan.

“Gʻallakorlarimiz erishgan ushbu natija vohamizda qishloq xoʻjaligida joriy qilinayotgan iqtisodiy islohotlar, zamonaviy texnologiyalar hamda fermerlarning moddiy manfaatdorligi, yerga, mulkka egalik hissining oshganligining, klasterlar faoliyati yaxshi yoʻlga qoʻyilganligining samarasidir”, – deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, joriy yilda voha gʻallakorlari gektarlar hosildorligini oʻrtacha 94 tsentnerga yetkazib, mavjud maydonlardan 840 ming tonna sara don ishlab chiqarishni moʻljallamoqda.

Ayni paytda esa viloyatda gʻalla oʻrim-yigʻimi qizgʻin davom etmoqda.

Mavzuga oid