Payshanba, 12-noyabr, 2026 Toshkent +2° USD 11 974,02 EUR 13 432,46 RUB 144,58

“Surxondaryo hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ korruptsiyaga karshi kurashish va komplayens- nazorat boʻlimi, Departamentning Surxondaryo viloyat boshqarmasi, Qumqoʻrgʻon tuman boʻlimi hamda tuman IIB masul xodimlari ishtirokida seminar oʻtkazildi

Unda korxona rahbari vazifasida ishlab kelgan Yu.Xolmoʻminovning tadbirkordan 1500 AQSh dollar pora olganligi keskin qoralandi. Jumladan, seminarda Departamentning Surxondaryo viloyat boshqarmasi, Qumqoʻrgʻon tumani boʻlimi hamda…

“Surxondaryo hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ korruptsiyaga karshi kurashish va komplayens- nazorat boʻlimi, Departamentning Surxondaryo viloyat boshqarmasi, Qumqoʻrgʻon tuman boʻlimi hamda tuman IIB masul xodimlari ishtirokida seminar oʻtkazildi

Unda korxona rahbari vazifasida ishlab kelgan Yu.Xolmoʻminovning tadbirkordan 1500 AQSh dollar pora olganligi keskin qoralandi. Jumladan, seminarda Departamentning Surxondaryo viloyat boshqarmasi, Qumqoʻrgʻon tumani boʻlimi hamda tuman IIB bilan hamkorlikda sodir etilgan jinoyatning kelib chiqish sabablari va korruptsiyaviy jinoyatlarning oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlar atroflicha muhokama qilindi.

Joylarda Korruptsiyaga qarshi kurashish va uning kelib chiqishining oldini olish borasida olib borilayotgan keng koʻlamli targʻibot, tashviqot ishlariga qaramasdan hali ham korruptsiyaga yoʻl qoʻyib kelayotgani, bunday jinoyatga jazo muqarrarligi yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Taʼkidlash joizki, jamiyatning barcha tuman va shahar elektr taminoti korxonasi xodimlari oʻrtasida ana shunday profilaktik uchrashuvlar oʻtkazilmoqda.

Surxondaryo hududiy elektr tarmoqlari korxonasi matbuot xizmati

Mavzuga oid