“Surxondaryo hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJda huquqni muxofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda korruptsiyaga qarshi kurashish va huquqiy savodxonlikni oshirishga bagʻishlangan seminar boʻlib oʻtdi
Joriy yilning 17 avgust kuni “Surxondaryo hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJda huquqni muxofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda korruptsiyaga qarshi kurashish va huquqiy savodxonlikni oshirishga bagʻishlangan oʻquv…
Joriy yilning 17 avgust kuni “Surxondaryo hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJda huquqni muxofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda korruptsiyaga qarshi kurashish va huquqiy savodxonlikni oshirishga bagʻishlangan oʻquv seminari boʻlib oʻtdi.
Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 11 maydagi “Davlat boshqaruvi sohasida korruptsiyaviy xavf-xatarlarni bartaraf etish mexanizmlarini takomillashtirish va ushbu sohada jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” PQ-240-son Qarori ijrosini amalda qoʻllash tartibi, Oʻzbekiston Respublikasida korruptsiyaga qarshi kurashish boʻyicha huquqiy hujjatlar va amalga oshirilayotgan ishlar,jamiyat xodimlarining huquqiy ongi va madaniyatini yanada oshirish, ularda korruptsiyaga nisbatan murosasiz munosabatini shakllantirish, mamlakatimizda korruptsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida maʼlumotlar berildi.
Shuningdek, seminarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 16 iyundagi “Davlat organlari va tashkilotlarining faoliyati ochiqligini taʼminlash, shuningdek, jamoatchilik nazoratini samarali amalga oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” PF-6247-son Farmoni, 2022 yil 14 iyundagi “Davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining ochiqlik darajasini oshirish va baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” PF-154-son Farmoni mazmun-mohiyati xususida soʻz yuritildi.
Seminar yayeunida ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga tegishliligi boʻyicha javoblar qaytarildi.
Surxondaryo hududiy elektr tarmoqlari korxonasi matbuot xizmati